Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33"Olmaliq KMK" AJ Resurslar va tog‘-kon ishlari departamenti boshlig'i
Tarjimai holi
1960-yilda Armaniston Respublikasida tug‘ilgan.
Ma'lumoti - oliy. 1981-yilda Ozarbayjon neft va ximiya institutini tugatgan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi - foydali qazilmalar konlarini yer osti usulida ishlab chiqish texnologiyasi va kompleksli mexanizatsiyasi.
Mehnat faoliyati
1981-1991 y.y. - "O‘zbekoltin" ishlab chiqarish birlashmasi Angren oltin qazib olish koni Ko‘chbuloq shaxtasining 3-uchastkasi yer osti kon ustasi, 1-uchastkasi katta kon ustasi, boshlig‘i, 5-uchastkasi boshlig‘i
1991-1992 y.y. - "Kazzoloto" konchilik-boyitish kompleksi "Enbek" oltin izlovchilar arteli "Taxtarovka" shaxtasining kon ustasi
1992-1999 y.y. - "O‘zbekoltin" ishlab chiqarish birlashmasi "Gornaya" shaxtasining boshlig‘i, bosh muhandisi, "Zarnitsa" oltin izlovchilar artelining bosh muhandisi
1999-2001 y.y. - "O‘zolmosoltin" Uyushmasi Angren oltin qazib olish konining bosh muhandisi
2001-2002 y.y. - "O‘zolmosoltin" Uyushmasi Angren oltin qazib olish koni direktori
2002-2007 y.y. - "Olmaliq TMK" OAJ texnik direktorining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
2007-2024 yy. - "Olmaliq KMK" AJ bosh muhandisining tog‘-kon ishlari bo‘yicha o‘rinbosari
2024 - h/v. - "Olmaliq KMK" AJ Resurslar va tog‘-kon ishlari departamenti boshlig'i
Vazifalari:
"Olmaliq KMK" AJ kon qazish korxonalari tomonidan belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha ruda va metallar qazib olish, ustki qatlamlarini ochish, lahm o‘tish va geologik qidiruv ishlari bo‘yicha ishlab chiqarish istiqbolini bajarilishlarini ta'minlash;
Belgilangan muddatlarda konchilik korxonalari bo‘yicha kapital ajratmalarini o‘zlashtirilishini ta'minlash;
Xom ashyo bazasini tayyorlash va uni yanada rivojlanishini ta'minlash;
Konchilik korxonalarida ishlab chiqarishni texnik jihozlanganligini oshirish;
Ichki zahiralardan maksimal foydalanish, ishlab chiqarishni har tomonlama intensivlashtirish, ilg‘or texnologik jarayonlarni joriy etish asosida mehnat unumdorligini va ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama oshirish;
Qazib olinayotgan rudalar sifatini oshirish;
Rudalarni qazib olish va ustki qatlam ishlarini tannarxini tushirish.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: