"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma'lumki, Prezidentimizning “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, 2025-yil 11-martdan boshlab “Dolzarb bir oylik” safarbarligi e'lon qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, “Olmaliq KMK” AJ rahbariyatiga biriktirilgan Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida ham aholi tomorqalariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga ko‘maklashish, mavjud masalalarni aniqlab ularni bartaraf etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning daromad manbaini oshirishga qaratilgan bir qator ishlar olib borilmoqda.
Xususan, tumanning “Qo‘rg‘oncha”, “Zilol”, “Istiqlol”, “Qiziltepa” MFYlarda aholining tomorqadan samarali foydalanishiga ko‘maklashish maqsadida tomorqalarni sug‘orish uchun artezian quduq qazish ishlari tashkil etilmoqda. Bugungi kun holatiga 4 ta quduq foydalanishga topshirildi.
Daromadi past oilalar uchun homiylik asosida yengil tipdagi issiqxonalar qurilishi rejalashtirilmoqda.
Ramazon oyi munosabati bilan OKMK mehnat jamoasi nomidan 100 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun oziq-ovqat to‘plamlari hadya qilindi.
OKMK Boshqaruv kengashining tegishli qaroriga asosan, Oltiariq tumani “Zilol” MFYdagi 420 ta xonadonni uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan ichimlik suvi masalasini hal qilish maqsadida 200 metr chuqurlikdan ichimlik suvi chiqarilib, 3,5 km masofaga tarmoq tortib beriladi.
Shuningdek, Oltiariq tumanidagi 120 ta o‘ringa mo‘ljallangan ta'mirtalab holatdagi 15-maktabgacha ta'lim tashkiloti OKMK homiyligi asosida to‘liq ta'mirlanadigan bo‘ldi.
Axborot xizmati