• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK: 2024-yilda belgilangan vazifalar bajariladi

03 Fevral 2024, 11:11 657

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni metallurgiya korxonalarini rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Taqdimotda mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, O‘zbekiston metallurgiya kombinati hamda “Navoiyuran” davlat korxonalari mutasaddilari ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirish va investitsiyalar jalb etish bo‘yicha rejalarini bayon qildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan, 2030-yilgacha mamlakatimiz iqtisodiyoti hajmini 2 barobar oshirish maqsad qilingani va ushbu yirik kompaniyalar samaradorligini oshirish dolzarb ahamiyatga ega ekanligi alohida ta’kidlandi. 

Ushbu yig‘ilishda belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati boshqaruv raisi Abdulla Xursanov kombinatning bir qator korxonalarida mas’ullar, mutaxassislar va ishchi-xodimlar bilan sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi.

Boshqaruv raisi Prezidentimizning kombinatga katta ishonch bildirayotganini ta’kidlab, kombinat tomonidan joriy yilda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, xususan, mis katodi ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazish, kombinatni raqamli transformatsiya qilish, bunda “yashil” texnologiyalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini va investitsiyalarni o‘zlashtirishni hamda bir qator yangi loyihalarni jadallashtirish kabi topshiriqlarni yakdillik bilan amalga oshirish zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

A. Xursanov joriy yilda shuningdek, O‘zbekistonning iqtisodiy taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishini yakuniga yetkazish va infratuzilmi ob’yektlarini o‘z vaqtida topshirish, yangi metallurgiya kompleksi qurilishini jadallashtirish muhimligini aytar ekan, jamoaning bunga bilimi, imkoniyati va salohiyati ham yetarli ekanligiga ishonch bildirib, kombinatda bu yil safarbarlik tizimida ish olib borilishini ta’kidlab o‘tdi.

Zero, Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan ushbu muhim topshiriqlar ijrosi xalq farovonligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. Yangidan-yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va bu orqali xalqimiz farovonligini oshirish bosh maqsadimizdir.

OKMK axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech