Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Chodak kon boshqarmasida rahbar va yoshlar uchrashuvi

06 Aprel 2026, 14:58 44

Ma’lumki, joriy yilning 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqoti davomida mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitishi va muammolarini hal qilishi ta’kidlandi.

Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida kuni kecha Chodak kon boshqarmasi direktori Abdixalloq Miraxmedov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan rahbarga murojaat qilishdi. Jumladan, yoshlar tomonidan ko‘proq qulay mehnat sharoitlari yaratish, sport maydonchalari tashkil qilish va yashil makon loyihasida faollikni oshirish kabi takliflar bildirildi.

Bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qiynayotgan muammolarga tizimli yechim topishdir.

Nurillo Usmondinov,

Chodak kon boshqarmasi direktorining yoshlar masalalari bo‘yicha yordamchisi

Bo`lishmoq:
Text to speech