"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 18-iyun kuni Chodak kon boshqarmasida “Yoshlar oyligi” hamda “Payshanba – Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi. Yosh ishchi-xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ular bilan ochiq muloqot o‘rnatish maqsadida o‘tkazilgan ushbu tadbirda OKMK boshqaruv raisining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Azamat Mavlonov hamda Chodak kon boshqarmasi direktori Erkin Davronov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqan Azamat Mavlonov bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlod vakillari uchun misli ko‘rilmagan keng imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi. U kombinat yoshlari shunchaki ijrochi emas, balki ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va "yashil" texnologiyalarni joriy etishda asosiy drayver bo‘lishlari kerakligini qayd etdi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda innovatsion startaplar, ratsionalizatorlik takliflari hamda yoshlar tashabbuslari OKMK rahbariyati va davlat tomonidan tizimli ravishda moliyaviy qo‘llab-quvvatlanayotganiga to‘xtaldi. A. Mavlonov yosh konchilarni faqatgina kunlik ish bilan cheklanib qolmay, xorijiy tillarni mukammal o‘rganishga, zamonaviy IT-bilimlarni egallashga va kombinat miqyosida o‘tkaziladigan nufuzli ko‘rik-tanlovlarda o‘zlarining intellektual salohiyatini to‘laqonli namoyon etishga chorladi.
Shundan so‘ng, Chodak KB direktori Erkin Davronov so‘zga chiqib, boshqarmada faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning salohiyatini yuqori baholadi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Korxona rahbari o‘z nutqida yosh kadrlar korxonaning asosiy tayanchi va kelajagi ekanligini, ularning yangi g‘oyalari hamda intiluvchanligi ishlab chiqarish rivojida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, u yosh ishchi-xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, tajribali ustozlardan soha sirlarini o‘rganishlari uchun korxonada barcha zamonaviy shart-sharoitlar yaratilishini va har bir iqtidorli yoshning tashabbusi doimo rag‘batlantirilishini ma’lum qildi.
Tadbir yakunida ishlab chiqarishda va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh yoshlar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yosh ishchi-xodimlarga yangi kuch va yuqori motivatsiya bag‘ishladi.
Nurillo Usmondinov,
Chodak KB yoshlar ittifoqi raisi