Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Inson qadri va ochiq muloqot - bosh mezon

13 Iyul 2026, 10:33 182

Bugungi kunda davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh g‘oyasi — «Inson qadri uchun» tamoyiliga asoslangan. Xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, ochiq va samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining eng muhim mezoni hisoblanadi.

Bu borada “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda ham samarali tizim yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, mazkur tizim asosida OKMK rahbariyati tomonidan muntazam ravishda sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

Ana shunday navbatdagi sayyor qabul joriy yilning 10-iyul kuni “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining moliya, transformatsiya va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Bexzod Mamatov tomonidan Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasida o‘tkazildi.

Qabul davomida korxona ishchi-xodimlari tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy-maishiy sharoitlar, mehnat munosabatlari, ishlab chiqarish faoliyati hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat bo‘yicha mas’ullar ishtirokida muhokamalar o‘tkazilib, ularni qonunchilik talablari asosida qisqa muddatlarda hal etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullar xodimlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning muammolarini tezkor va samarali hal etish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy muhitni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech