Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Ma'lumki, 2024-yilning 15-oktyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berilgan edi.
Ayni paytda mazkur fabrikaning qurilish ishlari boshlab yuborilgan bo‘lib, fabrika qurilayotgan hududga yaqin mahallalar aholisi bilan investitsiya loyihalarining ahamiyati bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 11-fevral kuni shahrimizdagi Abdulla Qodiriy nomli mahalla ahli bilan mas'ullar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Olmaliq shahar hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas'ullari, mutaxassislari, “Mahalla yettiligi” a'zolari, mahalliy kengashi deputati va mahalla ahli ishtirok etishdi.
Tadbir davomida “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha loyiha ofisi boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Muratov tomonidan kombinatda qurilayotgan 4-sonli mis boyitish fabrikasi haqida to‘liq ma'lumot berildi.
- Bugungi kunda jahon bozorida misga bo‘lgan talab kundan-kun oshib bormoqda. Fabrikaning ishga tushirilishi natijasida mis ishlab chiqarish hajmi oshadi. Bu esa misdan yangidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Fabrika va uning infratuzilmalari foydalanishga topshirilganidan so‘ng 3 mingdan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi. Fabrikada yiliga 60 mln tonna ma'dan qayta ishlanib, 800 ming tonnadan ortiq mis konsentrati ishlab chiqariladi. Hozirda mutaxassislar tomonidan loyihaoldi ishlari amalga oshirilmoqda.
E'tiborga molik jihati ushbu fabrika ishlab chiqarish jarayonida yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan.
Ayni kunlarda 4-MBF quriladigan maydonda yer ishlari amalga oshirilmoqda. Xususan, pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaning 1-bosqichini tamomlash uchun 4 978 ming m kub yer ishlarini bajarish kerak. Undan 3 279 ming metr kubini kovlash va 1 699 ming m kubini to‘kish ishlari tashkil etadi. Bu ishlarni amalga oshirish uchun jami hajmda 1 933 ming m kub burg‘ulash, portlatish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Ushbu ishlarga esa 113 ta turli rusumdagi samosvallar, ekskavatolar, buldozerlar va burg‘ulash uskunalari jalb etilishi kutilmoqda.
Tadbirda mas'ullar tomonidan loyihaning Olmaliq shahar rivojida tutgan o‘rni, hudud ekologiyasini yaxshilash borasidagi roli haqida ham to‘liq ma'lumotlar taqdim etildi.
Mahalla ahli o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas'ullardan batafsil javob olishdi.
OKMK Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: