Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Bugun “Metallurg” MSda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Unda OKMK rahbariyati va kombinat, shahar OAV vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ boshqaruvi raisi, senator Abdulla Xursanov soha vakillariga o‘zining samimiy tilaklarini bildirib, so‘nggi yillarda OAV vakillarini qo‘llab-quvvatlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning jamiyatda tutgan o‘rni, bugungi globallashuv davrida so‘zning qudrati cheksiz ekanligini, ommaga axborot yetkazishda haqqoniylik tamoyiliga amal qilish lozimligini ta'kidlab o‘tdi.
Tadbirda OKMK Axborot xizmati, Olmaliq shahar OAV vakillari Faxriy Yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan rag‘batlantirildi.
Tadbir davomida OKMK faoliyati Respublikada e'tirof etilayotgani ta'kidlandi.
Ma'lumot uchun: "Olmaliq KMK" AJ Ochiqlik indeksi-2023 natijalari bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlari o‘rtasida 86,8 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi. Respublika idoralari va tashkilotlari o'rtasida esa 2-o‘ringa sazovar bo'ldi.
Bundan tashqari, Aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalar o‘rtasida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ Axborot xizmati rahbarining faoliyati 86,3 ball bilan yuqori darajada baholangan. 2022 yilga nisbatan esa o‘sish samaradorligi +4,3 barobarni tashkil etgan.
Axborot xizmati