• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ohangaron tumanida jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi

11 Noyabr 2024, 14:59 231

“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishning II bosqichi doirasida 4-Mis boyitish fabrikasi (4-MBF) “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida qurilishi” loyihasining Atrof muhitga ta’sirini baholash loyihasi boʻyicha joriy yilning 9-noyabr kuni qoʻshni Ohangaron tumanida jamoatchilik eshituvi oʻtkazildi.

Tadbirda Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishlari inspeksiyasi, Ohangaron tumani hokimligi va Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mas’ullari va mutaxassislari, “Mahalla yettiligi” a’zolari va mahalla ahli ishtirok etishdi.

Tadbirda “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish boʻyicha Loyiha ofisi direktorining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Aziz Muratov kombinatda qurilayotgan 4-Mis boyitish fabrikasining infratuzilma obyektlari jumladan, suv ta’minoti va gaz ta’minoti loyihalari taqdimotini oʻtkazdi.

Jamoatchilik muhokamasida yangi qurilayotgan fabrikaning atrof-muhitga ta’siri, unda qoʻllaniladigan texnologiyalar boʻyicha toʻliq ma’lumot berildi.

-Xabaringiz bor, joriy yilning 15-oktyabr kuni davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning Olmaliq kon-metallurgiya kombinatiga tashrifi doirasida 4-Mis boyitish fabrikasi qurilishiga start berildi. Yangi qurilayotgan fabrikaning  ishga tushirilishi natijasida koʻplab yangi ish oʻrinlari yaratiladi. Fabrikada yiliga 60 mln tonna ma’dan qayta ishlanib, 800 ming tonnadan koʻproq mis konsentrati ishlab chiqariladi. Bugungi kunda jahon bozorida misga boʻlgan talab kundan-kun oshib bormoqda. Fabrikaning ishga tushirilishi natijasida mis ishlab chiqarish hajmi oshadi. Bu esa misdan yangidan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi.  Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qoʻllanishini belgilangan, - deydi Aziz Muratov.

Taqdimot davomida ishtirokchilarga 4-MBF va  infratuzilma obyektlari loyihalari boʻyicha tarqatma materiallar ham berildi.

Tadbirda mas’ullar tomonidan loyihaning Ohangaron tumani hududi rivojida tutgan oʻrni, hudud ekologiyasini yaxshilash borasidagi roli haqida ham toʻliq ma’lumotlar taqdim etildi.

Tuman mahallalarning aholisi oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan batafsil javob olishdi.

Hurmatli fuqarolar, Sizlarda loyiha boʻyicha taklif va e’tirozlaringiz boʻlsa ularni (+998 70) 619-23-33 telefon raqamiga yoki info@agmk.uz elektron manziliga yuborishingizni soʻrab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech