Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda sayyor qabullar tizimli ravishda oʻtkaziladi

12 Iyun 2025, 10:43 1082

Joriy yilning 11 iyun kuni  Texnologik transport boshqarmasida Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori Rasul Matxalikovning sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabul jarayonida “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari S.Shermatov, kombinat xodimlari Kasaba uyushmasi kengashi raisi A.Xaydarov hamda kombinat Markaziy apparati bosh mutaxassislari ishtirok etdilar.

Qabul davomida bir necha ishch-xodimlarning murojaatlari tinglandi.

Prokurorga bildirilgan murojaatlardan tibbiy sanitariya qismi faoliyati boʻyicha,  shuningdek, kredit toʻlovlarini qoplashda yordam berish, uy-joy olish uchun kombinat tomonidan moliyaviy koʻmaklashish, shahar jamoat transporti bilan bogʻliq masalani hal etish kabi masalalar oʻrin oldi.

Shuningdek, sayyor qabulda oʻz ixtiyori bilan tanishiga olib bergan kredit mablagʻlari qaytarilmayotganligi, kombinat tarkibiy boʻlinmalariga boshqa ishga oʻtish, kombinat tasarrufidagi  oilaviy yotoqxonadan joy ajratish, ishida amaliy yordam berish kabi masalalar boʻyicha ishchi-xodimlar tomonidan murojaatlar bildirildi.

Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori O.Matxalikov, “Olmaliq KMK” AJ boshqaruv raisining xodimlar va ijtimoiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari S.Shermatov hamda kombinat mutaxassislari tomonidan murojaatchilarga joyida tegishli tushuntirish hamda tavsiyalar berilib, ijro uchun mas’ullarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, kredit mablagʻlarini tanishiga ixtiyoriy ravishda olib berib, qaytarilmayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokurori tomonidan alohida nazoratga olindi.

Bu kabi sayyor qabul jarayonlarini Olmaliq ixtisoslashtirilgan prokuraturasi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorlikda tizimli ravishda oʻtkazilishi belgilab olindi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech