"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda har haftaning payshanba kuni barcha vazirlik, idora hamda hokimliklarda “Yoshlar kuni” deb belgilangani navqiron avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashda yangi davrni boshlab berdi. Mazkur topshiriq ijrosini tizimli ta’minlash hamda 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan Qalmoqqir kon boshqarmasida ham “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Tadbirda kon boshqarmasi direktori Muhammadamin Isakov yosh ishchi-xodimlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida korxonada yosh zaxira kadrlarini tayyorlash, yoshlarning sport, ta’lim, ilm-fan hamda axborot texnologiyalari sohasidagi ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalariga alohida urg‘u berildi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy innovatsion texnologiyalrni joriy etish va boshqa ko‘plab dolzarb yo‘nalishlar atroflicha muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida yosh konchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, taklif va tashabbuslari bilan murojaat qilib, rahbariyatdan batafsil javob oldilar.
Tadbir davomida Yoshlar kuni munosabati bilan kon boshqarmasi ishlab chiqarish jarayonlarida o‘zining fidokorona mehnati, faolligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan bir guruh yosh mutaxassislar munosib taqdirlandilar.
Xurshid Abdullayev,
Qalmoqqir kon boshqarmasi Yoshlar ittifoqi raisi