Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 71) 619-23-33“Dolzarb bir oylik” safarbarligi doirasida OKMK rahbariyati biriktirilgan Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida qizg‘in ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning 14-mart kuni tuman hokimi va korxona-tashkilotlar rahbarlari hamda OKMK mas'ullari ishtirokida tuman mahallalari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda aholining kommunal, bank, bandlik, ijtimoiy himoya, kadastr, soliq va boshqa sohalar bo‘yicha 60ga yaqin murojaatlari tinglandi. 50 tasi joyida hal etilib, qolganlari tegishli mutasaddilarga o‘rganish uchun yo‘naltirildi.
Bundan tashqari, tuman hokimligi va OKMK mas'ullari tomonidan 14-mart kuni “Qaytmas” va “Burgalik” MFYlarda aholining ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida suv nasoslari va tarmoqlarini o‘rnatish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
Shuningdek, “Burgalik” MFYda 250 ta xonadonni va “Qaytmas” mahallasi aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash, “Fayziobod” mahallasi, “Saxovat” ko‘chasining 400 metr qismini va shu mahallaning 1200 metr ichki yo‘llarini asfaltlash choralari ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, tumanning “Beshboy”, “Aranshi”, “Ko‘kmo‘yin” va “Do‘stlik” mahallalaridagi 600 ta xonadonni elektr tarmog‘ini yaxshilash uchun zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunlarda esa oylik doirasida tumanning “Mash'al”, “Mustaqillik”, “Uyg‘ur”, “Ko‘kmo‘yin”, “Fayzobod”, “Oqota” mahallalarida obodonlashtirish va hashar ishlari amalga oshirilmoqda. “Yashil makon” loyihasi doirasida ushbu mahalla hududlarida 85 mingga yaqin manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.
OKMK boshqaruv raisi, senator Abdulla Xursanov “Dolzarb bir oylik” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida O‘rta Chirchiq tumanida bo‘lib, belgilangan vazifalarning ijrosi ta'minlash bo‘yicha mutassadilarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdi.
Tuman hokimi Ixtiyor Kasimov senatorni tumanning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish borasidagi rejalari bilan tanishtirdi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning “Mahallalarda tomorqalardan samarali foydalanishni tashkil etish orqali aholi bandligi va daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi farmoyishiga ko‘ra, OKMKning rahbariyati Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq va Chinoz tumanlari, Nurafshon shahri hamda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumaniga biriktirilgan.
Axborot xizmati
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izohingiz yoki to`gri versiya: