"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 24-iyun kuni 3-mis boyitish fabrikasida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi hamda “Olmaliq KMK” AJ hamkorligida “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Toshkent viloyati Kengashi raisi S.Fayziyeva, Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.Normirzayeva, “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul xodimi X.Saydivaliyeva, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati mehnat-texnik inspektori M.Muyitdinova hamda kombinat korxonalarining xotin-qizlar va gender tengligi bo‘yicha maslahat kengashlari raislari, “Lider ayollar klubi” a’zolari ishtirok etdi.
Seminarda so’z olgan S.Fayziyeva “gender tengligi” tushunchasining jamiyatdagi mazmun-mohiyati ҳамда uning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ahamiyatiga alohida to‘xtaldi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar tahlil qilindi. Shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash hamda xotin-qizlar uchun teng imkoniyatlar yaratishda kasaba uyushmalarining o‘rni, ta’sirchan roli va bu borada amalga oshirilayotgan amaliy chora-tadbirlar bo’yicha atroflicha to’xtalib o’tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqlari bo‘yicha milliy qonunchilik va xalqaro me’yorlar, ta’lim, mehnat, tadbirkorlik va boshqaruv sohalarida teng imkoniyatlar yaratish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, gender asosidagi kamsitish va zo‘ravonlikning salbiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Shuningdek, yurtimizda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan natijalarning xalqaro miqyosda yuqori baholanayotgani e’tirof etildi.
Faol muloqot tarzida o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘z savollariga javob oldilar hamda gender tengligini ta’minlash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar. Ushbu tadbir jamiyatda teng huquqlilikni targ‘ib qilish, mehnat jamoalarida kamsitish va zo‘ravonlikning oldini olish hamda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur seminar Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 6-fevraldagi SQ-245-V-son qarori bilan tasdiqlangan “2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini 2026-yilda amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Axborot xizmati