• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi

Oʻzbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni 58-moddasiga asosan barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli boʻlgan jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Qonun va jamiyatning ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar bunday aksiyador tomonidan yakka tartibda qabul qilinadi hamda yozma shaklda rasmiylashtirilishi kerak. Bunda 7-bobning aksiyadorlar umumiy yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish, uni chaqirish va oʻtkazish tartibini hamda muddatlarini belgilovchi qoidalari qoʻllanilmaydi.

“Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyati tomonidan muomalaga chiqarilgan 749 257 532 dona egasini nomi yozilgan oddiy hujjatsiz aksiya paketlarining 98,54 foizi jamiyat yagona aksiyadori – O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tegishli boʻlganligi sababli yuqorida qayd etilgan Qonun talablariga va jamiyat Ustaviga muvofiq jamiyatda aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilmaydi. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha qarorlar Jamiyat yagona aksiyadori tomonidan yakka tartibda qabul qilindi hamda yozma shaklda rasmiylashtirildi.

Text to speech