• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Ekologiya sohasidagi siyosati

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi

SIYOSAT

“Olmaliq KMK” AJ Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda hududidagi togʻ kon ishlab chiqarish sohasidagi eng yirik korxonalardan hisoblanadi. “Olmaliq KMK” AJning asosiy faoliyati sulfid, polimetal va oltin tarkibli rudalarini qazib olish va boyitish va tozalangan mis olish hamda, sink metali, noyob va nodir metallar, ularning asosidan yasalgan mahsulotlarga qaratilgan.

“Olmaliq KMK” AJ tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atmosferaga boʻlgan salbiy ta’sirlarni kamaytirib borishga bor kuchini sarflaydi.

“Olmaliq KMK” AJ istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda atrof muhit himoyasiga qaratilgan zamonaviy tajribalar asosida yoqilgʻi va energiyatejamkor texnologiyani qoʻllaydi.

Vazifa va qadriyatlar

Ishlab chiqarish jarayonini atrof muhitga va aholi salomatligiga boʻlgan salbiy ta’sirini kamaytirish, tabiiy resurslardan samarali va ehtiyotkorlik bilan foydalanish orqali insoniyatni rangli metallarga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish.

Ekologik siyosat va asosiy tamoyillar

“Olmaliq KMK” AJ oʻz faoliyati davomida quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

  • barqaror rivojlanish davridagi iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ehtiyojlarini kelajak avlodga zarar yetkazmagan holda amalga oshirish;
  • kombinatning atrof-muhitga salbiy ta’sirini avvaldan baholash;
  • ishlab chiqarish jarayonidagi ekologik salbiy oqibatlarini oldindan bartaraf etish va ogohlantirish choralarini qoʻllash;
  • ekologik yuqori mavqeiga ega boʻlgan hududlarda ishlab chiqarish faoliyatini rad etish;
  • tabiiy muhitni oʻziga hos xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarish obyektlarini qurish (seysmologik va sel xavfi mavjud va yuqori qiyalikli hudud va hokazolar);
  • togʻ-kon madanlarini qazib olishda eng yaxshi texnologiyalarni amalda qoʻllash;
  • chiqindilarni utilizatsiya qilishning ekologik xavfsiz usulini qoʻllash;
  • ishlab chiqarish hududidagi texnologik jarayonlarning atrof-muhitga xavflilik darajasini monitoring qilish;
  • atrof muhitni ifloslantirganlik uchun javobgarlikni his qilish va yetkazilgan zararni toʻliq qoplash;
  • ekotizim va hayvonot dunyosiga yetkazilgan zararlarni tiklash choralarini hisobga olgan holda avariya va uning oqibatlarini bartaraf etish;
  • ekologik toza atrof-muhitni saqlash, aholining sogʻlom va an’anaviy turmush tarzini, madaniy yaxlitlitligini saqlash, oʻz yerlarini boshqarish va ulardan foydalanganlik uchun adolatli kompensatsiya toʻlash borasidagi manfaatlari va huquqlarini inobatga olish;
  • aholining yashash joylariga va tabiiy resurslardan foydalanishga, turmush tarziga ta’sir qiladigan har qanday sanoat rivojlanishiga nisbatan erkin, oldindan va asoslantirilgan rozilik yoki kelishmovchilik huquqini tan olish, kombinat loyihalarini amalga oshirilishi yuzasidan birgalikda qarorlar qabul qilish;
  • ekologik ahamiyatga ega boʻlgan hisobot va ma’lumotlarga kirish erkinligini ta’minlash;
  • kombinat faoliyatining jamoatchilik nazoratiga taaluqli ekologik ma’lumotlarning ochiqligini ta’minlash;
  • Oʻzbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik xavfsizlik sohasidagi qonun hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish;
  • Majburiy ekologik audit va atrof-muhitni boshqarish tizimini joriy etish.

Maqsadi

Atrof-muhitning tarkibiy qismlariga salbiy ta’sirni minimallashtirish, xavfsiz va munosib mehnat sharoitlarini ta’minlash, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va mahalliy hamjamiyat oldidagi majburiyatlarni faol bajarish "Olmaliq KMK" AJ uchun ustuvor vazifadir.

Majburiyatlari

“Olmaliq KMK” AJ faoliyatida ekologik xavfsizligini ta’minlash maqsadida, oʻz oldiga quyidagi vazifalar va majburiyatlar qoʻyadi:

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasidagi barcha qonun talablari hamda manfaatdor taraflar oldidagi barcha majburiyatlarga amal qilish;
  • texnologiyadagi avariya xolatlari sonini qisqartirish, ularning oqibatlarini oldini olish orqali, bartaraf etishga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish va atmosferaga belgilangan me’yoriy koʻrsatgichdan ortiqcha tashlamalarga hamda jarima toʻlovlariga yul quymaslik;
  • qazilma resurslarini tejash va yoʻqotishlarni kamaytirish hisobiga ilgʻor texnologiyalarni tadbiq etish boshqaruv tizimini takomillashtirish;
  • aholi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va davlat ekologik nazorati, jamiyat atrof muhit muhofazasi tashkilotlari bilan aloqalarni mustahkamlash;
  • texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida loyihalarni oʻz vaqtida tasdiqlash va konlarni oʻzlashtirish uchun “Ijtimoiy lizensiya” olish, manfaatdor tomonlar bilan munosabatlarni yaxshilash orqali kombinatning obroʻsini orttirish;
  • Samarali ekologik strategiyalarni amalga oshirish orqali ISO-14001 halqaro ekologik standartiga muvofiqlik sertifikatini olishga tayyorgarlik koʻrish;
  • ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish orqali is’temolchilarga ta’sir qilish, tovarlarning raqobatbardoshlilik darajasini oshirish va qoʻshimcha imtiyozlarga erishish;
  • xorijiy hamkorlar bilan aloqani mustahkamlash orqali jahon bozorida kombinatning mavqeini ortirish;
  • ekvator tamoyilllari va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi boshqa halqaro konvensiya talablariga alohida ahamiyat qaratuvchi banklardan mablagʻ olish orqali kapital investorlarni e’tiborini jalb qilish;

Majburiyatlarni amalga oshirish tizimida

Koʻzlangan vazifalarga erishish maqsadida “Olmaliq KMK” AJ:

  • keng doiradagi soha chora-tadbirlari ishlab chiqadi va atrof- muhit himoyasi uchun mablagʻ ajratadi;
  • atrof-muhitga nisbatan ishlab chiqarish va kasbiy havflarni hisobga olgan holda faoliyatini amalga oshiradi;
  • chiqindi va suv resurslarini boshqarish, buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, yashil maydonlarni kengaytirish, atmosferaga salbiy ta’sirini kamaytirish energiya samarador texnologiyalarni joriy etish yuzasidan ekologik chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
  • ilgʻor tajribalarga tayangan holda issiqxona gazlarni va iqlim xatarlarni hisoblashni nazarda tutadi;
  • atrof muhitga extiyotkorona munosabatda boʻlishga, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, bioxilma-xillikni asrash borasida ishchi hodimlarning bilim malakasini oshirib boradi;
  • ishlab chiqarish obyektlarida xizmat koʻrsatuvchi yollanma pudratchi tashkilotlardan atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi standartlar va normalar talablariga rioya qilishni qat’iy talab etadi;
  • yangi konlarni oʻzlashtirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish sharoitlari kengaytirish va qoʻllaniladigan texnologiyalar sezilarli darajada oʻzgartirilganda majburiy ravishda atrof-muhitga ta’sirni baholash loyihasini (AMTB) amalga oshiradi;
  • maxsus filtrlar va gaz tozalagichlar yordamida atmosferaga zararli moddalar (ayniqsa, simob, qoʻrgʻoshin va issiqxona gazlari) chiqishini nazorat qiladi va tashlamalar miqdorini kamaytiradi;
  • tabiiy muhitning buzilishini minimallashtiradigan togʻ-kon texnologiyalari va amaliyotlaridan foydalangan holda ishlab chiqarishga ajratilgan yer maydonlarini qisqartirishga va yer ekotizimiga ta’sirni kamaytirishga intiladi;
  • chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish va yakuniy joylashtirish (chiqindi polegoniga koʻmish) uchun faqat maxsus texnologiya va uskunalarga ega, sertifikatlangan, chiqindilar bilan ishlash uchun zarur boʻlgan litsenziya va ruxsatnomalarga egaligini tasdiqlay olgan mutaxassis tashkilotlarga topshiradi.

         

Text to speech