• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi siyosati

Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash sohasidagi

SIYOSAT

 “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasida mis, rux, kadmiy, mis katankasi, mis quvurlar, sulfat kislotasi, mis kuporosi, qattiq qotishmali mahsulotlar, portlandsement, noyob va nodir metallar ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona bo‘lib, Kombinat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish
va mineral xom-ashyo bazasini kengaytirish, shu bilan birga, xodimlarning mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish holatini takomillashtirish, shaxs
va jamiyatning hayotiy muhim manfaatlarini Kombinatning ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya va noxush hodisalar hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganligini ta’minlash borasida doimiy ravishda ish olib boradi.

Kombinаtning vаzifа vа qаdriyatlаri

Bizning vazifamiz – ishlab chiqarish faoliyatiga nisbatan xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini ta’minlashdir, chunki Kombinatning asosiy qadriyati - bu uning xodimlari.

Kombinаtning tаmoyillаri

“Olmaliq KMK” AJ o‘z faoliyatda quyidagi tamoyillarga amal qiladi:

  • tavakkalchilik va imkoniyatlar tahlilining zamonaviy usullariga asoslangan tizimli
    va kompleks yondashuvni qo‘llash;
  • mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirish;
  • ishlab chiqarishga xavfsiz texnika, xodimlarni himoya qiluvchi texnologiya
    va vositalarning joriy etilishini rag‘batlantirish;
  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha fan va texnika yutuqlari, hamda ilg‘or milliy
    va xorijiy tajribadan foydalanish;
  • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish;
  • xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
  • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha kombinat xodimlarini tayyorgarlikdan
    va attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlash;
  • kombinat xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini amalga oshirish.

Kombinаtning mаqsаdlari

Xodimlarning, shuningdek kombinat hududida joylashgan va ishlarni bajarayotgan boshqa tashkilotlar xodimlarining sog‘ligi va mehnat qobiliyatiga salbiy ta’sirni kamaytirish, avariya va boshqa ko‘zda tutilmagan favqulodda vaziyatlarning ro‘y berish xavfini minimallashtirish, bunday oqibatlarning ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarning sog‘lig‘i va mehnat qobiliyatiga ta’sirini yumshatish Kombinatning maqsadlaridir.

Kombinаtning mаjburiyatlаri

“Olmaliq KMK” AJning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilikning amaldagi talablariga, shuningdek manfaatdor tomonlar oldida majburiyatlarga rioya qilish;
  • ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlar va kasb kasalliklarining oldini olishga qaratilgan xavfsiz va sog‘lom mehnat sharoitlarini ta’minlash;
  • ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq xavflarni bartaraf etish va tavakkalchiliklarni kamaytirish, jarohatlanish va kasalliklarning oldini olish;
  • Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejmenti tizimining samaradorligini ta’minlash va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish;
  • xodimlar kasaba uyushmalari kengashi va mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
  • mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi xodimlarning fikr
    va takliflarini o‘rganish va zarur choralarni amalga oshirish;
  • ishlab chiqarish va kasbiy tavakkalchiliklarni majburiy ravishda hisobga olib, ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirish;
  • xodimlarni xavfsiz mehnat uslublariga o‘rgatish, ularni ish joylarida xavfsiz
    hulq-atvorda bo‘lishini rag‘batlantirish, samarali va sifatli shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash;
  • ishlab chiqarish obyektlarida xizmat ko‘rsatuvchi pudrat va subpudrat korxonalardan mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi sohasidagi standartlar va me’yorlar talablariga rioya etishini talab qilish.

Text to speech