• Call-center

    (+998 78) 141-90-99
Рус O'z En
Helpline
Feedback

Development strategy for AMMC

“Olmaliq KMK” AJning

“Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” loyihaci toʻgʻrisida

MALUMOTNOMA

01.10.2024 yil 

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020 yil 26 maydagi PQ-4731-son qarori

Loyihaning quvvati: yillik 917 ming tonna mis konsentrati va 2,5 ming tonna molibden konsentrati.

Loyiha qiymati: 4 620,4 mln dollar

Xorijiy hamkor: “Gazprombank” (Rossiya), “Международные проекты развития” (Rossiya).

Joylashgan manzili: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, “Olmaliq KMK” AJ.

Xomashyo bazasi: Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlari rudalarini  qayta ishlash  hisobiga ishlab chiqariladigan mis-molibden konsentratidan olinadigan mahsulotlar (mis katodi, oltin, kumush).

Yaratiladigan ish oʻrni: 5 647 ta

Elektr energiyasi sarfi: yillik 568,7 mln KVt/s

Gaz iste’moli xajmi: yillik 3,3 mln m3

Tovar mahsulot: yillik 3 594,5 mlrd soʻm

Eksport koʻrsatkichlar: yillik 241,6 mln dollar

Loyihani amalga oshirish muddatlari: 2017-2025 yillar

1. TSOT-ma’dan obyektini qurish.

TSOT-ma’dan qurilish maydonchasida 5,47 mln m3 (99,6 foiz) tuproq ishlari, 21,7 ming tonna (95 foiz) armaturalash va 141,7 ming m3 (94 foiz) beton ishlari bajarilgan, 1 205 ta (91 foiz) stav, 19,0 ming ta (88 foiz) tayanch roliklari va 10,4 ming m (59 foiz) konveyer tasmasi oʻrnatilgan boʻlib, qurilish ishlariga 429 ta ishchi xodim va 34 ta maxsus texnikalar jalb qilingan.

TSOT-maʻdan qurilishi loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari jami - 74 foizga bajarilgan boʻlib, bunda:

1-son Maydalash-yuklash qurilmasi (DPU) boʻyicha ishlar jami 67 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 96 foiz, metall konstruksiyalar 4% va asosiy texnologik uskunalar montaji 72 foiz;

2-son Maydalash-yuklash qurilmasi (DPU) boʻyicha ishlar jami 71 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 97 foiz, metall konstruksiyalar montaji – 40 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji – 74 foiz;

3-son Maydalash-yuklash qurilmasi (DPU) boʻyicha ishlar jami 98 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 99 foiz, metall konstruksiyalar montaji – 100 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji – 99 foiz bajarildi;

302100-CV-101 rusumli Yer usti konveyeri boʻyicha ishlar jami 92 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari - 99 foiz, metall konstruksiyalar montaji - 89 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji - 99 foiz bajarildi;

302100-CV-201 rusumli Yer usti konveyeri boʻyicha ishlar jami 46 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari - 99 foiz, metall konstruksiyalar 30 foiz bajarildi.

1.1. Asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish.

Qurilish maydonchasiga 3 dona “Uralmashzavod” (Rossiya) KKD 1500x200 rusumli birlamchi maydalagichi, 6 toʻplam “AUMUND” (Germaniya) plastinali ta’minlagich yetkazib berildi, 2 toʻplam “THYSSENKRUPP” (Germaniya) magistral va 3 toʻplam yuk agʻdaruvchi konveyerlari uchun asosiy butlovchi qismlarni yetkazib berish qisman yakunlandi. Shuningdek, “URALKRAN”ning (Rossiya) 6 ta koʻprikli krani va 27 ta elektr tallari, “Technopark Impuls”ning (Rossiya) 3 toʻplam gidravlik bolgʻali manipulyator qurilmasi, “PF ASK”ning (Rossiya) 3 dona konsolli krani hamda “ASPEX”ning (Rossiya) 3 toʻplam chang tozalash tizimi, CHKZning (Rossiya) 3 toʻplam havo siqish tizimi, “WEIR”ning (Turkiya) 5 toʻplam drenaj nasosi, “TEXNOKONT”ning (Qozogʻiston) 1 toʻplam 35/10kV nimstansiyasi, “EIM injiniring”ning (Rossiya) 3 toʻplam qabul qilish bunkeri chang bostirish tizimi, “VENKON”ning (Rossiya) 3 toʻplam havo aylantirish tizimi yetkazib berildi.

2. 3-MBFni qurish.

3-MBFni “Foydalanishga tayyor holda topshirish” sharti bilan qurish ishlari “Olmaliq KMK” AJ hamda “Uralmashzavod” OAJ va “Enter Engineering” konsortsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Qurilishda texnik nazoratni amalga oshirishga “Worley Parsons” xorijiy kompaniyasi jalb qilingan.

Qurilish maydonida 741,0 ming m3 (95 foiz) beton ishlari, 104,6 ming tonna (99 foiz) armaturalash ishlari bajarildi, 25,1 ming tonna (67 foiz) texnologik uskuna va 46,8 ming tonna (78 foiz) metall konstruksiya montaj qilindi.

3-MBF qurilishi loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari jami - 63 foizga bajarilgan boʻlib, shu jumladan:

Yirik maydalangan ma’dan ombori (CKDR) boʻyicha ishlar jami 94 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari - 100 foiz, metall konstruksiyalar montaji – 98 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji - 95 foiz;

Oʻrta holda maydalash binosi (KSD) boʻyicha ishlar jami 89 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 100 foiz, metall konstruksiyalar montaji - 92 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji - 99 foiz;

Oʻrta holda gʻalvirlash binosi (KSG) boʻyicha ishlar jami 84 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari - 100 foiz, metall konstruksiyalar montaji - 94 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji 91 foiz;

Kichik holda maydalash binosi (KMD) boʻyicha ishlar jami 83 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 100 foiz,  metall konstruksiyalar montaji 92 foiz boshlanish arafasida
va asosiy texnologik uskunalar montaji - 72 foiz;

Kichik holda gʻalvirlash binosi (KMG) boʻyicha ishlar jami
82 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 100 foiz, metall konstruksiyalar 84 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji 50 foiz;

Ma’dan tayyorlash binosi (KRP) boʻyicha ishlar jami 66 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 96 foiz, metall konstruksiyalar montaji 90 foiz va asosiy texnologik uskunalar
montaji 62 foiz;

Bosh flotatsiya binosi boʻyicha ishlar jami - 48 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 98 foiz, metall konstruksiyalar montaji -53 foiz va asosiy texnologik uskunalar montaji - 60 foiz;

Mis-molibden kontsenratini quyultirish uchastkasi boʻyicha ishlar jami 67 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 99 foiz, metall konstruksiyalar montaji 54% va asosiy texnologik uskunalar montaji – 93 foiz;

Filьtrlash va konsentratni yuklash binosi boʻyicha ishlar jami 68 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari – 100 foiz, metall konstruksiyalar 73 foiz, va asosiy texnologik uskunalar montaji 64%;

1-bosh pasaytiruvchi nimstansiya (GPP) boʻyicha ishlar jami 98 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari, metall konstruksiyalar montaji va asosiy texnologik uskunalar montaji – 100 foiz, elektr kabellarni yotqizish ishlari – 83 foiz, yongʻindan ogohlantirish tizimini oʻrnatish ishlari boshlanish arafasida;

2-bosh pasaytiruvchi nimstansiya (GPP) boʻyicha ishlar jami 80 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari va, metall konstruksiyalar montaji – 100 foiz, asosiy texnologik uskunalar montaji - 92 foiz, elektr kabellarni yotqizish ishlari -19 foiz, yongʻindan ogohlantirish tizimini oʻrnatish ishlari boshlanish arafasida;

3-bosh pasaytiruvchi nimstantsiya (GPP) boʻyicha ishlar jami 96 foizga bajarilgan boʻlib, bunda beton ishlari , metall konstruksiyalar montaji va asosiy texnologik uskunalar montaji – 100 foiz, elektr kabellarni yotqizish ishlari – 71 foiz, yongʻindan ogohlantirish tizimini oʻrnatish ishlari boshlanish arafasida;

Ma’muriy-maishiy bino (ABK) boʻyicha ishlar jami 84 foiz, Maishiy bino (BK) boʻyicha esa 86 foizga bajarildi.

3-MBF qurilishi maydoniga jami 14 121 ta ishchi xodim (yordamchi xodimlar va metall konstruksiyalarni tayyorlash uchastkasi ishchilari hisobga olinmaganda) va 820 ta maxsus texnika jalb qilindi.

2.1. Asosiy texnologik uskunalarni yetkazib berish.

Yirik maydalangan ma’dan ombori (CKDR)URALKRAN”ning 36 toʻplam elektr tallari, “ASPEX”ning (Rossiya) 2 toʻplam havo tortish tizimi, “AUMUND”ning 16 toʻplam, PTM”ning 2 toʻplam tasmali konveyeri hamda “WEIR”ning dona drenaj nasosi yetkazildi.

Oʻrta holda maydalash binosi (KSD) uchun “Uralmashzavod”ning 8 ta KSD 3000/1500 rusumli konusli maydalagichi, “URALKRAN”ning 2 toʻplam koʻprikli elektr krani, “ASPEX”ning 8 toʻplam havo tortish tizimi hamda “WEIR”ning dona drenaj nasosi, “PTM”ning toʻplam tasmali konveyeri, “URALKRAN”ning 9 toʻplam elektr tallari, “AUMUND”ning 16 toʻplam tasmali ta’minlagichi yetkazib berildi.

Oʻrta holda gʻalvirlash binosi (KSG) uchun “Pnevmash”ning 8 ta tebranuvchi gʻalviri, “ASPEX”ning 4 toʻplam havo tortish tizimi, PTM”ning 16 toʻplam tasmali konveyeri, “BMX RUS”ning 4 toʻplam aravachali yuk tushirish konveyeri, “WEIR”ning dona drenaj nasosi, “URALKRAN”ning 47 toʻplam elektr tallari, 2 toʻplam koʻprikli elektr krani hamda “AUMUND”ning 16 toʻplam tasmali taʻminlagichi yetkazib berildi.

Kichik holda gʻalvirlash binosi (KMD) uchun “URALKRAN”ning 2 toʻplam koʻprikli elektr krani va 17 toʻplam elektr tallari, “PTM”ning 8 toʻplam tasmali konveyeri, “BMX RUS”ning 6 toʻplam tasmali uzatgichi, “WEIR”ning dona drenaj nasosi hamda “ASPEX”ning 6 toʻplam havo tortish tizimi va “THYSSENKRUPP”ning (Germaniya) 6 toʻplam yuqori bosimli rolikli presslash uskunalari (HPGR) yetkazildi.

Kichik holda gʻalvirlash binosi (KMG) uchun “Kwatani”ning (SEVER MINERALS, Janubiy Afrika) 24 ta uchlamchi gʻalviri, “URALKRAN”ning 4 toʻplam koʻprikli elektr krani va 37 toʻplam elektr tallari, “PTM”ning 2 toʻplam tasmali konveyeri, “BMX RUS”ning 24 toʻplam tasmali uzatgichi va 4 toʻplam aravachali yuk tushirish konveyeri hamda “WEIR”ning dona drenaj nasosi yetkazib berildi.

Ma’dan tayyorlash binosi (KRP) uchun “UZTM-KARTEKS”ning 12 toʻplam sharli tegirmoni (MSHTS) yetkazildi va tegirmon futerovkasi yetkazib berilishi davom etmoqda, “Kwatani”ning (SEVER MINERALS, Janubiy Afrika) 47 ta gravitatsiyali himoya gʻalviri, “URALKRAN”ning 6 toʻplam koʻprikli va 72 toʻplam elektr krani,“WEIR”ning 24 dona drenaj nasosi va 12 toʻplam gidrotsikloni, 32 toʻplam “INTERTECH” (Serbiya) tegirmonlari uchun gravitatsiyali konsentrator yetkazib berildi.

Shuningdek, sharli tegirmon uchun “CEMTEC”ning (Avstriya) 12 toʻplam gidrostatik podshipniklari, “CEMTEC”ning (Germaniya) 12 toʻplam tishli tojlari, “ABB Switzerland Ltd”ning 25 toʻplam tegirmon dvigateli va 12 toʻplam chilleri, “NAIPU”ning (Xitoy)
12 ta tegirmon uchun silindrik butaralari, “DALIAN LEVVIE”ning (Xitoy) 12 toʻplam avtomatik shar yuklagichi hamda “GEARS MININGning (Avstraliya) 2 toʻplam qobiq (futerovka) almashtirish mashinasi va 3 toʻplam boltlarni chiqarib tashlash bolgʻasi yetkazildi.

Mis-molibden konsentratini quyultirish uchastkasi uchun “Metso:Outotec”ning (Avstriya) quyultirgichlar uchun barcha 6 toʻplam vertikal tegirmoni, barcha 2 toʻplam filtrlari (Mo), “Metso:Outotec”ning (Finlyandiya) 5 toʻplam filtrlari (Su), “Metso:Outotec”ning (Xitoy) quyultirgichlar uchun 6 dona 17 metrli, 2 dona 28 metrli hamda 1 dona 5 metrli sigʻimlari, “Metso:Outotec”ning (Evropa) barcha quyultirgichlariga asosiy uskunalar yetkazib berildi.

Bosh flotatsiya binosi uchun “Metso:Outotec”ning (Xitoy) barcha 6-flotatsiya liniyasi uchun sigʻimlar va “Metso:Outotec”ning (Evropa) barcha 6 ta flotatsiya liniyalariga asosiy uskunalar hamda “URALKRAN”ning 5 toʻplam koʻprikli elektr krani (Rossiya) yetkazib berildi.

1, 2, 3 - son pasaytiruvchi nimstansiyalar (GPP) uchun “TEXNOKONT” (Qozogʻiston)ning 15 toʻplam KTP (toʻplamli transformator nimstansiyasi) yetkazib berildi.

Asosiy zavod xoʻjaligi qismi uchun (OZX) “Airpol”ning (Polsha) 5 toʻplam havo siqish tizimi, 1 toʻplam havo kompressori, “Seagull”ning (Xitoy) suv sovitish minorasi barcha 3 ta liniyasi, Ohak sutini tayyorlash zavodining 1-partiyasi yetkazib berildi, yakuniy 2-partiyasi “Yilmaz Proses Teknolojileri” (Turkiya) tomonidan j.y. sentyabrda yetkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “WILO” (Hindiston)ning yongʻinga qarshi suv nasos stansiyasi uchun 6 toʻplam nasosi,  “Akvabiom” (Rossiya)ning 1 toʻplam oqava yomgʻir suvlarini tozalash inshooti yetkazildi.

“Wilo Nasos Tizimlari” MCHJning (Toshkent) salnik qotishmalar uchun 9 ta suv nasosi; “Sulzer Pumps”ning (Finlyandiya) 40 ta gidrozatvor nasoslari, 3 ta GSW nasosi, “V-Flo”ning (Xitoy) 3 ta sovutuvchi suv nasosi hamda qoldiqlarni utilizatsiya qilish uchun 3 ta, Zhejang KEER Pump”ning (Xitoy) texnologik suv nasos stansiyasi uchun 3 ta va xom suv tizimi uchun 26 ta, reagentlar tizimi uchun 108 ta nasos yetkazildi.

3. 3-MBF infratuzilma obyektlarini qurish.

Qoldiqlarni saqlash xoʻjaligida (1-xarita) toʻgʻon poydevorini qurish boʻyicha 17,5 mln m3 (31 foiz) (shundan 9,2 mln m3 toʻgʻon qurilishi boʻyicha) tuproq ishlari bajarildi va 11,0 ming m (38 foiz) quvur yotqizildi. Mazkur ishlarga 273 ta ishchi xodim va 327 ta maxsus texnika jalb qilingan.

Tashqi suv taminoti obyektlari qurilish maydonida 77,4 km (69 foiz) suv quvurlari yotqizildi, shuningdek, 120 ta (100 foiz) quduq burgʻulash ishlari, 1,39 mln m3 (75 foiz) tuproq ishlari, 3,0 ming tonna (71 foiz) armaturalash, 15,5 ming m3 (57 foiz) beton ishlari bajarildi. Ushbu ishlarga 141 ta ishchi xodim va 49 ta maxsus texnika jalb qilingan.

Hozirgi kunda, 3-MBF va uning infratuzilma obyektlari qurilishiga jami 14 964 ta ishchi xodim (yordamchi xodimlar va metall konstruksiyalarni tayyorlash uchastkasi ishchilari hisobga olinmaganda) va 1 229 ta maxsus texnika jalb qilingan.

4. Moliyalashtirishni jalb qilish.

“Gazprombank”ning 1,0 mlrd dollarlik qarz mablagʻlari jalb qilinib, Loyiha ofisi obyektlari perimetri doirasida 678,0 mln dollar oʻzlashtirilgan.

“Международные проекты развития” kompaniyasi bilan 712,0 mln yevro ekvivalentida moliyalashtirishni jalb qilish boʻyicha qarz shartnomasi imzolangan boʻlib, unga koʻra, 295,2 mln yevro qiymatida qarz mablagʻlari tanlab (выборка) olindi (319,6 mln dollar ekv.).

3-MBF, Qoldiqlarni saqlash xoʻjaligi (1-xarita) va Tashqi suv ta’minoti obyektlarini qurish boʻyicha tuzilgan YeRS-shartnomalar doirasida jami 1 782,9 mln dollar (153,0 mln dollar QQSni hisobga olgan holda), jumladan obyektlar kesimida 3-MBF boʻyicha 1 606,9 mln dollar, Qoldiqlarni saqlash xoʻjaligi (1-xarita) boʻyicha 76,6 mln dollar va Tashqi suv ta’minoti boʻyicha 99,4 mln dollar miqdorida toʻlovlar amalga oshirildi.

5. Loyiha ofisi obyektlari perimetri doirasida amalga oshiriladigan ishlar:

  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023 yil 27 oktyabrdagi 26/1-410-son topshirigʻiga muvofiq barcha tegishli resurslar (ishchi kuchi va maxsus texnika)ni safarbar qilgan holda qurilish-montaj ishlarini yakunlash hamda 2024 yil 31 dekabrgacha fabrikani toʻliq quvvatida ishga tushirish boʻyicha choralar koʻrish.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida oʻtkazilgan 2023 yil 9 noyabrdagi 200-son (09.11.2023 yildagi VM-1218-son bilan roʻyxatga olingan) hamda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalari boʻyicha Hukumat komissiyasining 2023 yil 29 noyabrdagi 106-son (30.11.2023 yildagi 04-01-149-son bilan roʻyxatga olingan) yigʻilish bayonlariga muvofiq 2024 yil yakuniga qadar “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish loyihasini toʻliq quvvatida ishga tushirish belgilangan.
  • Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2023 yil 16 noyabrdagi 107-son bayonida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi PF-27-son Farmonining yiliga 60 mln tn ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega 3-MBFni ishga tushirishga doir 42.2-bandi muddatini 2024 yil 31 dekabrgacha uzaytirish maqsadga muvofiqligi koʻrsatilgan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan 3-MBF va uning infratuzilma obyektlarini qurishni jadallashtirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ga (2024 yil 10 fevraldagi 26/1-410-son topshiriq) muvofiq 2024 yil yakuniga qadar fabrikani toʻliq quvvatida ishga tushirilishini ta’minlash boʻyicha choralar koʻrish belgilangan.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2024 yil 16 martdagi 26-son bayoniga asosan 2024 yil oktyabrda fabrikani foydalanishga topshirilishini ta’minlash belgilangan.

6. Asosiy muammoli masalalar:

TSOT-ma’dan boʻyicha:

  • 2024 yil 20 oktyabrga qadar TSOT-ma’dan konveyer tizimlari boʻyicha “FLSmidth” kompaniyasi tomonidan qolgan uskunalarni (RIO shkaflari, 5 ta qaytaruvchi barabanlar) yetkazib berish.
  • 2024 yil 20 oktyabrga qadar CV-101 magistral konveyeri elektr xonalariga ishlarni yakunlagan holda KTP-403207 nimstansiyasidan kuchlanish berilishini ta’minlash.
  • 2024 yil 30 oktyabrga qadar qolgan 308 tn hajmda (3-son yuk tushirish konveyeri, 1-son magistral konveyer, yoʻnaltiruvchi bortlar uchun 5,5 tn futerovka uchun) metall konstruksiyalar tayyorlanishini ta’minlash.

3-MBF boʻyicha:

  • Joriy yilning oktyabr oyida materiallar (kabel, nazorat-oʻlchov asboblari (KIP), futerovka, quvurlar, nasoslar, yopish va nazorat klapanlari (ZRA) va boshqalar) yetkazib berilishini ta’minlash.
  • Qoʻshimcha 4 mingdan ortiq ishchi xodimlarni, jumladan 3 ming nafar ishchi xodimlarni oktyabr oyida jalb qilish.

Qoldiqlarni saqlash xoʻjaligi (1-xarita) boʻyicha:

  • Futerovkalangan quvurlar va novlar, yopish na nazorat klapanlari, kompensatorlar va boshqa materiallarni yetkazish zarur;
  • Bugungi kunda, toʻgʻon qurish boʻyicha bajarilishi lozim boʻlgan tuproq ishlari hajmi 28 mln m3 tashkil qilib, bunda ishlarni bajarish uchun joriy yilning oktyabrdan boshlab oyiga 2,6 mln m3 hajmda tuproq ishlari amalga oshirish zarur, buning uchun qoʻshimcha 490 ta maxsus texnika safarbar qilish hamda yonilgʻi va sarflovchi materiallar bilan ta’minlash lozim.

Tashqi suv ta’minoti boʻyicha:

  • Uskuna va materiallar (110/10 kV, 35/6 kV nimstansiya, yopish
    va nazorat klapanlari (ZRA), nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika (KIPiA), elektrika)
    ning “Enter Engineering” tomonidan joriy yilning sentyabr oyida yetkazib berish;
  • Qurilish maydonida qoʻshimcha kamida 600 nafar ishchi xodim hamda 90 ta maxsus texnika bilan ta’minlash.

7. “Yoshlik I” konida karerni qurish va uning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish.

Karerni qurish boʻyicha loyiha boshidan:

201,9 mln m3 (yil boshidan 28,0 mln m3) kon yuzasini ochish ishlari bajarildi (ishlar 2 smenada tashkil etilib, 1 800 nafar ishchi-xodimlar va 400 ta texnika ishlamoqda) hamda 41,63 km temir yoʻllar yotqizildi;

602 ta (466,0 mln dollar) kon texnikasi (54 ta 130 tonnalik, 29 ta 220 tonnalik BelAZ va 5 dona NMT-240 TEREX-KRANTAS 220 tonnalik samosvallari, 33 ta ekskavator, 23 ta burgʻilash uskunasi, 12 ta aralashtirish-zaryadlash mashinalari) 254 ta  temir yoʻl texnikasi (1  ta elektrovoz, 5 ta teplovoz, 212 ta dumpkar, 7 ta yoʻl qurish texnikasi) shuningdek 192 ta yordamchi texnika) xarid qilindi.

Siklli oqim texnologiyasini (“TSPT - 2 poroda”)

yiliga 20 mln m3 dan oshiq boʻsh togʻ jismlarini tashuvchi Siklli oqim texnologiyasini (“TSPT-poroda”) qurish uchun 5,9 mln m3dan (rejaga nisbatan 80,8 foiz) ortiq yer ishlari amalga oshirildi;

Ishtirokchilardan kelgan TTT koʻrib chiqish natijasida va xarid komissiyasining 2024 yil 12 iyuldagi 357007-son bayonnomasi asosida tenderda «TMX Consulting Ltd»  kompaniyasi gʻolib deb topildi.

Bugungi kunda gʻolib kompaniya bilan muzokaralar borilmoqda.

Kon sanoat maydonchasi:

- “Yoshlik I” va “Qalmoqqir” koni TK-1 va TK-2 sanoat maydonchalari qurilishi boʻyicha loyiha hujjatlari bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan.

- “Yoshlik I”  sanoat maydonchasining yer ishlari toʻliq bajarilgan. Perimetral toʻsiq devori 100 foizga bajarildi.

Binolarning poydevor qismi 85 foizga ga bajarilgan.

- “Qalmoqqir” sanoat maydonchasiga olib boruvchi  1,2 km. yoʻl toʻliq tugallangan. Hozirda “Yoshlik I” kotlavan va transhey kovlash ishlari  80 foizga  bajarildi.

“Qalmoqqir” sanoat maydonchasining perimetrial toʻsiq devori 100 foizga bajarildi.

- GSHO sanoat maydonchasi qurilishi boʻyicha loyiha hujjatlari bosh loyihachi tomonidan taqdim etilgan.

Bino va inshootlar qurilishi 90 foizga bajarilgan.

Hozirda binolarning uskuna va jihozlari olib kelinmoqda.

Kon va boʻsh togʻ jismlarini tashuvchi siklli oqim texnologiyasi uskunalarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi TP-8 va TP-9 nimstansiyalari boʻyicha pudratchi “Oʻzelektroapparat-Electroshield” qoʻshma korxonasi tomonidan loyiha xujjatlari bajarildi. Pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari 2024 yil tugatilinadi va  foydalanishga topshiriladi.

“TN-8” qurilishi boʻyicha vertikal maydoni tayyorlash ishlari tugatilgan va dalolatnomalar topshirilgan.

- 2 dona 80 MVA transformatorlar oʻrnatilgan.

Qurilish montaj ishlari 100 foizga bajarilgan.

Joriy yilning 30 avgust sanasida ishga tushirildi.

- “TN-9” qurilishi boʻyicha vertikal maydonini tayyorlash ishlari tugatilgan va dalolatnomalar topshirilgan.

- 2 dona 63 MVA transformatorlar transformatorlar oʻrnatilgan.

Qurilish montaj ishlari 100 foizga bajarilgan.

Joriy yil oktyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.

8. 650 megavatt quvvatli tashqi elektr ta’minoti obyekti qurilishi

Elektr ta’minoti obyektlarini qurish boʻyicha “Oʻzelektroapparat-Electroshield” qoʻshma korxonasi tomonidan 10 km 500  kVli elektr liniyasining qurilishi 100 foizga bajarildi.

Shuningdek, 500 kV raqamli podstantsiyasida qurilish-montaj ishlari va asosiy uskunalarni yetkazib berish 100 foizga bajarildi. Obyekt 2023 yil dekabr oyida qurilish ishlari yakunlanib, bugungi kunda tarmoqqa ulash va sozlash ishlari amalga oshirilmoqda.

9. Portlovchi materialar zavodi va Portlovchi materiallar omborini rekonstruksiya qilish:

Asosiy ishlab chiqarish texnologik qurilmalar: 13 dona sigʻimlar oʻrnatildi 100 foiz, texnologik modullar 100 foizga bajarildi hamda kompressorlar va parogeneratorlar oʻrnatilgan boʻlib, bino va inshoatlari qurilishi davom etmoqda.

Yordamchi uskuna va qurilmalarni (tashqi elektr ta’minoti, transformatorlar, tashki va ichki suv ta’minoti, texnologik chiqindi suvlarini qayta ishlovchi inshoot, qoʻshimcha temir yoʻl kesishmalari, YoMM, yordamchi materiallarni saqlash - tarqatish omborlari va suvni isitish tizimi) xarid qilish va oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yil  dekabr oyida ishga tushiriladi.

10. Vaqtinchalik avto va temir yllar

Tashqi kommunikatsiya va vaqtinchalik temir yoʻl izlari qurilishi olib borilmoqda.

 TIAga koʻra jami 45,6 km. temir yoʻllar qurilishi rejalashtirilgan boʻlib shundan 01.07.2024y. holatiga qurilish ishlari umumiy qiymati 132,65 mlrd. soʻmlik 41,48 km temir yoʻllar toʻliq qurilgan va elektrlashgan.

Joriy yilda “Qalmoqqir va Kolsevaya stansiyalari hamda ular orasidagi peregon”, “Svinsovaya stansiyasi”,  “Otvalnaya stantsiyasi” va “Fabrichnaya stansiya” larining MPTS (signal va strelkalarni mikroprotsessorli markazlashtirish) va ESSO (oʻqlar hisobining elektron tizimi) ishga tushiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida oʻtkazilgan 2023 yil 9 noyabrdagi 200-son (09.11.2023 yildagi VM-1218-son bilan roʻyxatga olingan) hamda Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalari boʻyicha Hukumat komissiyasining 2023 yil 29 noyabrdagi 106-son (30.11.2023 yildagi 04-01-149-son bilan roʻyxatga olingan) yigʻilish bayonlariga muvofiq:

- 2024 yil may oyida 3-MBF 1-liniyalari qurilish-montaj ishlarini yakunlash;

- 2024 yil yakuniga qadar “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish loyihasini
(I bosqich, 1-navbat) toʻliq quvvatida ishga tushirish belgilangan.

Amalga oshiriladigan ishlar.

Togʻ-kon sanoat va geologiya hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirliklari bilan birgalikda “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish” strategik investitsiya loyihasi boʻyicha yil yakuniga qadar 1179,0 mln dollar jumladan “Yoshlik I” konini oʻzlashtirish loyihasi boʻyicha 244,0 mln dollar mablagʻlarni oʻzlashtirish va obyektlarni belgilangan muddatlarda ishga tushirishni ta’minlash maqsadida qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Yoshlik I” konida karerni qurish va uning ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo etish.

  • Joriy yil yakuniga qadar yana 32,0 mln m3 kon ochish ishlari bajariladi.
  • Joriy yil yakuniga qadar Togʻ-kon majmuasi va infrastrukturasining quyidagi obyektlari foydalanishga topshiriladi: “Yoshlik I” kareri, Portlovchi materialar zavodi, ASU GTK, “TN-8”, “TN-9”,  8,2 km ichki avtomobil yoʻllari, 4,12 km ichki karer temir yoʻllar quriladi va elektrlashtriladi, 4 ta temir yoʻl stansiyalarining mikroprotsessorli markazi va oʻqlar hisobining elektron tizimi, namunalarni kesish va tahlil qilish laboratoriyasi.
  • boʻsh togʻ jismlarini tashuvchi Siklli oqim texnologiyasi (“TSPT-poroda”) boʻyicha yil yakuniga qadar qurilish ishlari amalga oshiriladi.

 

 

 

 

Text to speech