“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ – O’zbekistondagi ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish va ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror rivojlantirish borasida doimiy ish olib boruvchi yirik mis, rux va qimmatbaho metallar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonadir.
ISO 9001: 2015 xalqaro standarti talablariga javob beradigan zamonaviy korporativ boshqaruv amaliyotini joriy etgan, shuningdek ichki talablarga rioya qilgan holda, biz rudalarni qazib olish, hamda rangli, qimmatbaho va nodir metallar ishlab chiqarish, shuningdek, ichki va tashqi bozorda barqaror talabgor boʻlgan boshqa raqobatbardosh mahsulotlar hajmini oshirishga erishmoqdamiz.
Mahsulotning barqaror yuqori sifati – Kombinatning yanada rivojlanishi, ichki va jahon bozorlarida yetakchilik qilish iqtisodiy ahvolning yaxshilanishiga asos boʻlmoqda.
Asosiy tamoyillarimiz:
- Sifat menejmenti, hamda tovarlar va xizmatlar iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishini oshirish, ularning talablari va istaklarini bajarish uchun sa’y-harakatlar konsentratsiyasi;
- Tashkilotning barcha darajalarida yetakchilik, tashkilotning maqsadlari va faoliyatining yoʻnalish birligini taʻminlaydigan muhitni yaratadi va bunda xodimlar tashkilotning sifat sohasidagi maqsadlariga erishish uchun samarali faoliyat koʻrsatadi;
- Vakolatlarga va oʻzaro munosabatlarga ega boʻlgan bilimdon xodimlar barcha darajadagi sifat menejmenti tizimining natijadorligini oshiradi;
- Kompaniya faoliyati boshqarilganda va tahlil qilinganda, yagona bogʻlangan tizim sifatida ishlaydigan, oʻzaro taʻsir qiluvchi va oʻzaro bogʻliq jarayonlar natijasida sifat sohasidagi maqsadlarga natijadorli va samarali erishiladi;
- Faoliyatni amalga oshirish shu kundagi darajasini saqlab qolish va qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi sharoitlar bilan bogʻliq oʻzgarishlarga javob berish, hamda doimiy yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yaratish;
- Qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun xatarlarni hisobga olgan holda maʻlumotlar va axborotlarni tahlil qilish va baholashga asoslangan qarorlar qabul qilish;
- Yetkazib beruvchilar va barcha manfaatdor taraflar bilan oʻzaro manfaatli munosabatlar oʻrnatish;
Kombinat rahbariyati tomonidan sifatni taʻminlash faoliyatida, quyidagilarni 2021-2024 yillarga strategik maqsadlar, majburiyatlar va vazifalar etib belgiladi:
- Mineral-xom ashyo bazasini kengaytirish hamda rangli va nodir metallarning yangi konlarini oʻzlashtirish;
- Ekologik ko’rsatgichlarni yaxshilash va atrof-muhitga zararli tashlanmalarni qisqartirish;
- Yuqori barqaror ishlab chiqarish o’sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
- Mahsulot eksport hajmini oshirish, shu jumladan yangi bozorlarni o’zlashtirish hisobiga;
- Tannarxni pasaytirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish;
- Ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni, import oʻrnini bosish va ichki bozorni zarur tovarlar va butlovchi qismlar bilan toʻldirish jarayonlarini chuqurlashtirish;
- Mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlaridan ustuvor foydalanishga asoslangan sohalararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
- Rangli, qimmatbaho, nodir metallar va qattiq qotishmalar sohasida ilmiy- tadqiqot ishlarini, shu jumladan amaliy tadqiqotlar dasturlarini bajarish doirasida, yangi texnologiyalar va innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqishda va ishlab chiqarishga tadbiq etishda ishtirok etish;
- Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, sarf va xarajatlarni optimallashtirish;
- Kombinatning kadrlar salohiyatini mustahkamlash, muhandislik va boshqaruv xodimlarining malakasini oshirish, oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi va ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni mustahkamlash orqali ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, raqobat sharoitlarda kombinatning samarali ishlashini taʻminlaydigan yosh va iqtidorli mutaxassislarni jalb qilish;
- Kombinatning tijorat muvaffaqiyati va investitsion jozibadorligini oshirish, jahon bozorida kombinatning eksportga yoʻnaltirilgan mahsulotlariga boʻlgan talabni yanada olgʻa siljitish va kengaytirish;
- Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish.
Kombinat rahbariyati Sifat sohasidagi siyosatni amalga oshirish mas’uliyatini oʻz zimmasiga oladi, belgilangan tamoyillarga qat’iy amal qilishni niyat qiladi va barcha xodimlarni uni amalga oshirishda faol ishtirok etishga undaydi.
Kombinat rahbariyati ushbu siyosat talablarini bajarishga qaratilgan kombinat sifat menejmenti tizimining samarali ishlashini taʻminlash uchun tegishli moliyaviy, texnik, inson va boshqa resurslarni ajratishni oʻz zimmasiga oladi.
«Olmaliq KMK» AJ – dunyodagi har qanday korxonaga munosib hamkor!