• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Rux zavodi

Ruxga bo’lgan ehtiyoj avtomobil va mashinasozlik sohalarida, shuningdek maishiy texnika ishlab chiqarish sohasida unga bo’lgan ehtiyojlarning ortib borishi bilan bog’liq. "Olmaliq KMK" AJda korxonaning ishlab chiqarish zanjirining bir zvenosi sifatida Rux zavodi mavjud.

Rux zavodi Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan bo‘lib, “Olmaliq KMK” AJning tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi.

Tarixi

SSSR Vazirlar Kengashining 15-maydagi 1958-yil 1527-sonli farmoyishiga muvofiq, Giprosvetmet instituti (Moskva) Olmaliq shahridagi rux zavodi uchun texnik loyihani ishlab chiqish bo‘yicha loyiha topshirig‘i berildi. Uning birinchi bosqichi sulfat kislota majmuasi - bu kuydirish sexi va sulfat kislotasi sexining birinchi bosqichi.

Loyihada birinchi besh yil davomida rux zavodining sulfat kislota majmuasi import qilingan pirit konsentratida ishlashi ko‘zda tutilgan edi. Sulfat kislota ishlab chiqarish loyihasi Giproxim instituti (Moskva) tomonidan ishlab chiqilgan, 1958-yil 20-noyabrda ToshSovnarxoz Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan. Qurilish 1959-yilda boshlangan, birinchi kislota 01.05.1963-yilda olingan.

1965-yil mart oyida O‘zbekiston SSR Ministrlar Kengashi Giprosvetmet loyihasini ma'qulladi va Rux zavodining ikkinchi bosqichi - rux ishlab chiqarish majmuasini qurishga kirishdi. Zavodning texnologiyasini ishlab chiqish bilan

Ust-Kamenogorskdagi “Vniisvetmet” instituti shug‘ullangan.

Rux ishlab chiqarish uchun oltita asosiy sex qurildi va asbob-uskunalar bilan jihozlandi:

- kuydirish va sulfat kislotasi sexlari, import qilinadigan rux xom-ashyosi qaynar qatlam pechlarida kuydiriladi. Kuydirish texnologiyasi ruxni kuyindi va changlar shaklida eruvchan shaklga o‘tkazishni ta'minlaydi va oltingugurt dioksidi chiqindi gazlari sul'fat kislota ishlab chiqarish uchun sul'fat kislota sexiga yuboriladi;

- tanlab eritish, elektrolit va kadmiy sexlari rux va kadmiyni eritma xolatiga o‘tkazish, shuningdek gidrometallurgik jarayondan zararli aralashmalarni chiqarib tashlash, rux kuporosini ishlab chiqarish imkonini beruvchi asbob - uskunalar bilan ta'minlangan. Zavod qurilishi bilan parallel ravishda montaj va ishga tushirish ishlari olib borildi va 1970-yil 30-sentyabrda O‘zbekistonning birinchi rux metalli olindi! 22-oktyabrda esa birinchi kadmiy metalli olindi!

26-dekabr kuni zavodning ikkinchi bosqichi ishga tushirildi va bu uning quvvatini ikki barobar oshirish imkonini berdi va darhol zavodning uchinchi bosqichi - rux, qo‘rg‘oshin va kadmiy sublimatlarini ishlab chiqarishni ta'minlovchi Velslash sexi kompleksi qurilishi boshlandi. 1972-yil 29-iyunda qurilish tugallandi va ishga tushirildi.

1975-yilda rux eritmalarini zararli moddalardan uch bosqichli tozalash sxemasi joriy etildi, bu yuqori sifatli rux elektrolitini ishlab chiqarishni va yuqori sifatli rux metallini ishlab chiqarishni ta'minladi.

Rux zavodining asosiy sexlari

Kuydirish sexi rux konsentratlarini va qayta ishlangan materiallarni qabul qiladi. Sulfidli birikmalarning asosiy metallarini va oltingugurtni oksidlangan birikmalarga o‘tkazadi va chiqindi gazlarning issiqligini utilizasiya qiladi.

Tanlab eritish sexi qattiq holatdagi sanoat mahsulotlarini qayta ishlab rux, kadmiy va boshqa metallarni oksid xolatidan suvda eriydigan tuzlarga o‘tkazadi. Sex rux kuyindisi va vel's oksidlarini qayta ishlaydi va rux metallini ishlab chiqarish uchun rux eritmalarini ishlab chikaradi.

Elektrolit sexi sulfat eritmalaridan elektroliz usulida rux katodini olish, keyinchalik rux katodini eritib tayyor mahsulot – rux metallini ishlab chiqarishni amalga oshiradi.

Velslash sexi zavodning o‘z rux keklarini va import qilingan oksidli sanoat mahsulotlarini qabul qilib qayta ishlaydi. Sublimatsiya natijasida olingan oksidlar xlor va ftordan tozalanadi, tanlab eritish sexiga rux oksidi yetkazib beradi va mis klinkeri maydalanadi. Rux velsoksidi va mis klinkeri sexning asosiy mahsulotlari hisoblanadi.

Sulfat kislotasi sexi kuydirish sexidan chiqindi oltingugurt oksidi gazlarini qayta ishlab sulfat kislotasi ishlab chiqaradi. Sulfat kislotasini ishlab chiqarish yakka bog‘lanish sxemasi bo‘yicha kontakt usulida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish 2 navbatdan iborat bo‘lib ularning ish quvvati bir xil va bitta texnologik ip (tizim) va bir biriga o‘xshash asosiy uskunalar mavjud.

Kadmiy sexi tanlab eritish sexining mis-kadmiy kekini qayta ishlaydi va kadmiy metali va mis kekini oladi. Kadmiy sexi tanlab eritish, sementlash va gubka xolatidagi kadmiyni eritish, kadmiyni elektroliz qilish, katodli kadmiyni eritish va texnik rux sulfatini ishlab chiqarish bo‘limlaridan iborat.

Rux zavodining yordamchi sexlari va uchastkalari

- Energetika sexi zavodni energiya resurslari (havo, bug‘, issiq va sovuq suv) bilan ta'minlashga mo‘ljallangan.

- Rux belilasi ishlab chiqarish uchastkasi bo‘yoq va shina ishlab chiqarish uchun rux belilasi (rux oksidi) ishlab chiqaradi.

- Ixtisoslashtirilgan mexanika ta'mirlash uchastkasi zavodning asosiy sexlaridagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni joriy va kapital ta'mirlashga mo‘ljallangan.

- Ta'mirlash mexanika uchastkasi asosiy sexlarni jihozlash uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni amalga oshiradi.

- Transport xo‘jalik xizmati zavod ehtiyojlari uchun transport (buldozer, belaz, katapiller, ekskavator va boshqalar.) bilan ta'minlash, hududini obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, kommunal-maishiy binolarni ta'mirlash uchun mo‘ljallangan. 

- Kimyo laboratoriyasi texnologik jarayonni analitik nazorat qilish maqsadida zavod sexlari sanoat mahsulotlarining tezkor kimyoviy tahlillarini amalga oshiradi.

Zavod xom-ashyosi sulfidli rux konsentrati hisoblanadi.

Direktor: Utanov Farrux Djabarovich

Telefon: (+998 78) 141-90-09

E-mail: info@agmk.uz 

Bo`lishmoq:
Text to speech