Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Faoliyat turi:
Yer osti kon-kapital ishlarini amalga oshirish investision loyihalar ro’yxatida ko’zda tutilgan ob'yektlarni, shaxta usti bino va inshoatlarni ishga tushirish. Yangi yer osti konlari va ob'yektlari qurilishini ta'minlash, kon ishlarida zamonaviy texnologiyalarga o’tishni ta'minlash.
Shaxtaqurilish boshqarmasi tarixi
2013-yilning mart oyida Angren yer osti uchastkasining shtat jadvalini to‘ldirish maqsadida “Olmaliq KMK” OAJning 1.03.2013- yildagi 120-son buyrug‘i bilan 2013y- yil aprel oyidan boshlab Angren kon boshqarmasi “Samarchuk” uchastkasi xodimlari o‘tkazildi. Angren yer osti uchastkasi “Samarchuk” uchastkasining №6a shtolnyasida kon-kapital va kon-tayyorgarlash ishlarini boshlagan.
2013-yil iyul oyida ishchilar to‘plami to‘liq yig‘ilganligi va ishchilarni o‘qitishdan so‘ng Olmaliq yer osti uchastkasi “Kovuldi” konining ventilyatsiya kanali lahimini o‘tish ishlarini boshlagan.
2013-yil noyabr Olmaliq yer osti uchastkasi ventilyasiya kanali lahimini o‘tishda qolgan ishlarni “Kovuldi” koniga topshirib, “Qayrog‘och” yer osti konini qurish ishlarini boshladi.
2015-yil iyun oyida “Qayrog‘och” yer osti konining qurilishini tezlashtirish maqsadida Angren yer osti uchastkasi №3 shtol'nyada kon-kapital ishlarini o‘tish uchun to‘g‘risida qaror qabul qilindi, bu esa “Qayrag‘och” konining yuqori gorizontlarida ruda zaxiralarini ochish uchun kon-kapital laximlarini o‘tish ishlarini jadallashtirish imkonini berdi va 2016-yilda konni qazib olish uchun Angren kon boshqarmasiga topshirildi.
ShQB kon-kapital o‘tish ishlari bilan bir qatorda “Samarchuk” uchastkasida va “Qayrog‘och” konida ruda zaxiralarini qazib olish uchun tayyorlash laximlarini o‘tish ishlarini olib bordi.
2015-yil 20-avgust “Olmaliq KMK”ning texnik yig‘ilish bayonnomasi qaroridan so‘ng, investisiya dasturiga muvofiq qurilayotgan mavjud “Qizil-Olma” koni negizida “Samarchuk” uchastkasini ishlab chiqararishga topshirishni tezlatish maqsadida +1045m. va +985m. gorizontlari bo‘ylab qiya transport s'ezdi yer osti lahimlarini ShQB tomonidan o‘tishga kelishildi. 2015-yil sentyabr oyidan ShQB qiya transport sezdi lahimini o‘tish ishlari boshladi. Hozirda +1045m. va +985m. gorizontlari bo‘ylab kon-kapital va kon-tayyorlash ishlarini yakunlagan.
Gorizont +1045m. “Olmaliq KMK” AJ ishchi komissiyasining 2021-yil 30-sentyabrdagi dalolatnomasiga asosan Angren kon boshqarmasiga topshirildi.
Bugungi kun
ShQB tomonidan +985m. gorizontida ochilgan va tayyorlangan ruda zahiralarini Angren kon boshqarmasi keyinda qazib olish ishlari uchun foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish ishlari yakunlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasida qimmatbaho metall rudalarini qazib olish bo‘yicha resurs bazasini kengaytirish maqsadida 2016-yildan buyon ShQB tomonidan “Qizil-Olmasoy” ruda maydonida “Chumauk II” va “Tuyachavul” uchastkalarida 2408m. geologiya-qidiruv kon laximlari o‘tish ishlari olib borilgan.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi tomonidan “Chumauk II” uchastkasida ruda zahiralari tasdiqlangan va “Olmaliq KMK” AJga berilgan. 2022-yildan ShQB Angren kon boshqarmasi keyinchalik qazib olish uchun “Chumauk II” uchastkasing yuqori qismidagi №1, №1a ruda konlari zahiralarini ochish ishlarini boshladi.
Umuman olganda ShQB “Qayrog‘och” koni (2016-y.), “Samarchuk” uchastkasida 6a-shtolnyasi va +1045m. gorizontlari foydalanishga topshirgan. “Samarchuk” uchastkasing yuqori gorizontlaridagi (+1148m. - +1200m.) №3 ruda zahiralarini qazib olish uchun ShQB tomonidan ishga tushilgan.
ShQB “Samarchuq” uchastkasining +985m. gorizonti Angren KBga foydalanishga topshirish uchun kon lahimlarni jihozlash va mustahkamlash ishlari yakunlamoqda.
Shuningdek, joriy yilda ShQB “Samarchuk” koni +925m. gorizontida kon- kapital ishlarini boshlaydi..
2013-yildan 2021-yilgacha mavjud bo‘lgan davrda Shaxtaqurilish boshqarmasi tomonidan umumiy uzunligi 19208,81 metr bo‘lgan kon o‘tish ishlari, shu jumladan “Qayrag‘och” koni va “Samarchuk” uchastkasida 10737,81 metr kon-kapital ishlari, “Samarchuk” va “Mejdurech'e” uchastkalarida 6063 metr kon-tayyorlash ishlari, shuningdek “Tuyachovul” va “Chumauk II” uchastkalarida 2408 metr geologiya qidiruv kon laximlari o‘tish ishlarini amalga oshirgan.
Boshliq: Abdullayev Zakirjon Abduxanovich
Telefon: (+998 78) 141-90-09
E-mail: info@agmk.uz