"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Ma’lumki, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Mis kompleksi Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining harbiy qismi harbiylari tomonidan qoʻriqlab kelinadi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan “Yoshlik-1 konini oʻzlashtirish” investitsiyaviy loyihasi doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining ishga tushirilishi bilan fabrika va uning obyektlarini qoʻriqlash xizmati ham kengayib, oʻz-oʻzidan harbiy xizmatchilarga zarur sharoitlar yaratish ehtiyoji tugʻiladi.
Ushbu omillarni hisobga olgan holda xarbiy xizmatchilarga munosib sharoit yaratish maqsadida ayni paytda kombinat xomiyligida 120 oʻringa moʻljallangan oʻquv xonalari, harbiylarning ish va sport xonalari, kiyinib yechinadigan va choʻmilish xonalaridan iborat 3 qavatli binoning qurilish ishlari bajarilayapti.
Mazkur bino qurilishi Kapital qurilish boshqarmasi mehnat jamoasi boshchiligida amalga oshirilmoqda. Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan qurilish loyihasi tayyorlangan. Qurilish ishlariga esa “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti safarbar etilgan.
Ushbu 3 qavatli binoning hajmi 73x15 metrdan iborat bo’lib, bino pishgan gʻishtdan terildi. Zilzila bardosh boʻlishi uchun zarur qurilmalar oʻrnatildi.
Binoning tom qismi yogʻoch konstruksiya asosida, profnastil qoplamasi bilan yopiladi. Binoga zamonaviy eshik va derazalar, oʻrnatiladi.
Shuningdek, binoning yon qismida 20ta maxsus texnikaga moʻjallangan avtoturargoh joylashadigan ayvon ham barpo etiladi.
Hozirgi kunda plitalarni montaj qilish, gipsakarton ishlari, polga beton quyish, elektrika, santexnika ishlari davom etayapdi.
Binoning qurilishiga jami boʻlib, 14,9 mlrd soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan boʻlib, bino yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi koʻzda tutilgan.
Axborot xizmati