Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning eksporti borasida ham barcha prognozlar bajarilishga erishildi.
Jumladan, o‘tgan 10 oy davomida 557 230 000 dollarlik mahsulot eksport qilinib, prognoz 102,1%ga bajarildi.
Mahsulotlar kesimida tahlil etadigan bo‘lsak 47 057 tonna mis mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, prognoz 106%ga ado etildi.
Rux mahsulotlari eksportida ham 102,7%lik natijaga erishilib, 36 573 tonna mahsulot xorijlik iste'molchilarga yuborilgan.
Shuningdek, reniy, kadmiy, mis kuporosi,palladiy kukuni, molibden mahsulotlari, qo‘rg‘oshin konsentrati, selen, tellur kabi mahsulotlari eksportida ham prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan.
Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda OKMK tomonidan 20 dan ortiq mahsulot 20 dan ortiq davlatlarga eksport qilinmoqda. OKMK mahsulotlari asosan, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham yuborilmoqda.
OKMK Axborot xizmati