"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 11 oyi davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ mehnat jamoasi tomonidan barcha ishlab chiqarish prognozlarini bajarilishi ta’minlandi.
Jumladan, tovar mahsulotlar ishlab chiqarish vazifasi 119,4%ga bajarildi.
Qalmoqqir kon boshqarmasi tomonidan ma’dan qazib olish prognozi bo‘yicha 103,9%lik o‘sish sur’ati qayd etildi.
Mis xom ashyosini qayta ishlash prognozi bo‘yicha ham 104,6%lik o‘sish sur’ati kuzatildi.
Shuningdek, konsentratda mis bo‘yicha prognozi bo‘yicha ham o‘sish sur’ati 102,0% bo‘ldi.
Har ikki yo‘nalishdagi vazifalarning bajarilishda Mis boyitish fabrikasi va 2-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoalarini alohida ta’kidlash joiz.
Yaqinda ishga tushirilgan 3-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasining ham mis xom ashyosini qayta ishlash va konsentratda mis kabi vazifalarning bajarilishida salmoqli hissasi bor.
Kombinatning asosiy mahsuloti sanalgan mis katodi ishlab chiqarish prognozi 100,3%ga bajarilib, o‘sish sur’ati 107,0% bo‘ldi.
O‘z xom ashyomizdan mis katodi tayyorlash vazifasi 106,7%ga ado etildi.
Bundan tashqari, Rux ishlab chiqarish prognozi 100,4%ga, o‘z xom ashyomizdan rux tayyorlash vazifasi 100,0%ga, sulfat kislotasi ishlab chiqarish prognozi 100,3%ga bajarilishi ta’minlandi.
Surxon vohasida faoliyat yuritib kelayotgan Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan polimetall ma’danlarni qazib olish(100,0%), qayta ishlash(100,7%), rux konsentratida rux(102,5%) kabi vazifalar ham bajarilishga erishildi.
Shuningdek, Angren kon boshqarmasi, Chodak kon boshqarmasi, Kovuldi koni kabi mehnat jamoalari tomonidan ham oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish, qayta ishlash hamda konsentratda 1-va 2-metall kabi prognozlar yorug‘ yuz bilan bajarildi.
Mis kuporosi, texnik selen va tellur, perrenat ammoniy, palladiy kukuni kabi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘zlangan natijalarga erishildi.
OKMK Byudjetlashtirish va xarajatlarni nazorat qilish departamenti