"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Bugungi kunda sanoat korxonalarida tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda. Sababi, ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfining yuqoriligi mahsulot tannarxini oshirib, uning raqobatbardoshligiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois OKMK ishchi-xodimlari o‘rtasida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ilg‘or g‘oyalarni aniqlash va amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan eng yaxshi takliflar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda. Mehnatkashlarning intellektual salohiyatini shakllantirish hamda ular orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratishga qaratilgan loyihalarning navbatdagi taqdimoti Mis boyitish fabrikasida boʻlib oʻtdi.
Tadbirda ishlab chiqarish texnologiyasi, mexanika, transport va logistika, energetika hamda raqamlashtirish yoʻnalishlarida taqdim etilgan 20dan ziyod takliflar OKMK bosh muhandisi Sergey Laryonov boshchiligidagi operatsion samaradorlikni oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqildi.
Gʻoyalarni koʻrib chiqish ushun MBF direktori Ravshan Siddiqov boshchiligidagi MBFda operatsion samaradorlikni oʻrganish boʻyicha Ishchi guruh ham jalb etildi.
Saralab olingan 13ta g‘oya fabrikada ishlab chiqarish jarayoniga tatbiq etilishi uchun tasdiqdan o‘tdi.
Innovatsion g‘oya mualliflari taqdimot davomida takliflarining korxonaga nechog‘lik foyda keltirishini aniq hisob-kitoblar bilan asoslab berishdi.
- Tanlovda 1-pogʼona ishlab chiqarish nazorati qogʼoz jurnalini oʼrniga elektron jurnal joriy qilish taklifi bilan ishtirok etdim. Mazkur gʼoyaning samaradorligi shundaki tizim ish jarayonini soddalashtiradi va unumdorligini oshiradi. Foydalanuvchi tezda eslatmalar kiritishi, muddat belgilashi va qidiruv hamda filьtr orqali kerakli maʼlumotni topishi mumkin. Hisobotlar real vaqtda avtomatik shakllanadi, eslatmalar va xabarnomalar esa vazifalar bajarilishini nazorat qilishga yordam beradi.Tizim MBFda 8 oydan beri muvaffafiyatli ishlab kelmoqda. Mazkur taklifni OKMK miqyosidaa joriy qilmoqchimiz, - deydi 1-toifali dasturchi Kamoliddin Umarov.
Ta’kidlash kerakki, mazkur tanlovda qatnashish jarayoni xodimlarni yangicha fikrlashga, o‘z bilim va tajribasini ishlab chiqarishni takomillashtirishga yo‘naltirishga undaydi. Taklif etilayotgan iqtisodiy samarador g‘oyalar esa kombinatning energiya sarfiga bo‘lgan xarajatlarini kamaytirib, eng qimmatli tabiiy boyliklarning tejalishiga xizmat qiladi.
Axborot xizmati