• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-sonli texnologik chiqindi to‘plash ombori foydalanishga topshirildi

13 May 2022, 9:1 1805

O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati xodimlari kuni arafasida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator yangi ob'yektlar foydalanishga topshirilmoqda.

Jumladan, 2022-yil 12-may kuni Angren kon boshqarmasi Oltin saralash fabrikasi 2-sonli texnologik chiqindi to‘plash omborining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda OKMK rahbariyati, O‘zbekiston qahramonlari Jonsaid Turdiyev, Saydali Rahmanov, quruvchilar va ishchi-xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olgan OKMK boshqaruvi raisi Abdulla Xursanov kombinat tomonidan erishilayotgan yutuqlar haqida to‘xtalib, barchani yaqinlashib kelayotgan kasb ayyomi bilan samimiy muborakbod etdi.

Ob'yekt qurilish ishlarida ishtirok etgan bir guruh bunyodkorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ochilish marosimida ramziy lenta qirqilib, ob'ekt rasman o‘z faoliyatini boshladi.

Angren kon boshqarmasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining eng yirik tarkibiy bo‘linmalaridan biri hisoblanadi. Angren kon boshqarmasi konlarida asosan oltin tarkibli ruda qazib olinadi.

So‘nggi yillarda mazkur korxonada bir qator yirik investisiya loyihalari amalga oshirib kelinmoqda. Xususan, “Samarchuq” yangi shaxtasi va foydalanishga topshirilgan 2-sonli texnologik chiqindi to‘plash omborining  bunga misol bo‘la oladi.

Oltin saralash fabrikasining yangi 2-sonli texnologik chiqindilarni to‘plash ombori  chiqindi tashlamalar to‘plab borilishiga mo‘ljallangan. Mazkur inshoot Angren KBning bashorat reja ko‘rsatkichlariga muvofiq holda ishlab chiqarish quvvatlarini  saqlab borish maqsadida bunyod etildi. OKMK Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan loyihalash hujjatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ob'yektning qurilishi 2019-yil may oyida boshlangan.

Qurilish ishlariga “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti va pudrat tashkiloti “SUNLIGHT DREAM” MChJ jalb etilgan. Trest tomonidan umumiy qurilish  ishlari, texnologik quvurlar yotqizish ishlari amalga oshirildi. “SUNLIGHT-DREAM” MChJ tomonidan esa tuproq ishlari, havzani ichiga geomembrana yotqizish (to‘shash) ishlari bajarildi.

Ob'yektning qurilish ishlariga 106,4 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-mart oyidagi "Ichki va tashqi bozorda iste'mol tovarlarini mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida"gi Qaroriga ko‘ra, omborga o‘rnatilgan uskuna va materiallarning 90%i mahalliy hisoblanadi. 

To‘g‘onni tepasini uzunligi – 1285 m,  kengligi – 12,25 m, maksimal balandligi – 30 5 m ni tashkil etadi.

To‘g‘onni yuqori belgisi 1003,5 m,  tanasi 30 sm qatlamda yirik qumtosh  namlanib, zichlantirish usulida 1418166 m kub qum  tosh  massasi yotqizildi.

Umumiy tuproq ishlarini hajmi 2 mln 200 ming m kubni, texnologik chiqindi saqlash omborini  foydali hajmi 2 mln 600 ming m kubni tashkil etadi. Bu esa loyihalanayotgan chiqindilar omborining quvvati korxonaning 5 yillik quvvatiga to‘g‘ri kelishini anglatadi. Kelajakda chiqindilarni saqlash omborining quvvatini oshirish ishlari rejalashtirilgan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech