• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2-tur yakunlari bo‘yicha OKMK basketbolchilari peshqadam

14 Aprel 2023, 10:0 1603

Joriy yilning 8-12 aprel kunlari Marg‘ilon shahrida oliy va birinchi ligadagi ayollar jamoalari o‘rtasida basketbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Murabbiy Jahongir Xodjayev boshchiligidagi OKMK basketbol jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, “So‘g‘diyona” FSK(Navoiy), Toshkent jamoalari bilan bahs olib borishdi.

8-aprel kuni 1-o‘yinda OKMK jamoasi 82-26 hisobida g‘alaba qozondi. 9-aprel kuni esa Toshkent jamoasi 104-60 hisobida mag‘lub etildi.

10-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi jamoasi bilan o‘tkazilgan 3-o‘yinda OKMK jamoasi a'zolari 87-64 hisobida zafar quchishdi.

11-aprel kuni “So‘g‘diyona” FSK bilan kechgan 4-o‘yinda vakilalarimiz yirik 113-29 hisobidagi g‘alabani o‘z hisoblariga yozib qo‘yishdi.

12-aprel kuni poytaxtliklar bilan o‘tkazilgan 5-o‘yinda ham OKMK basketbolchi ayollari 79-48 hisobidagi g‘alabaga erishdilar.

Shunday qilib barcha uchrashuvlarni g‘alaba bilan yakunlagan OKMK jamoasi 20 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Murabbiy Jahongir Xodjayev shogirdlarining hisobida 10 karra mamlakat chempionligi, 13 karra O‘zbekiston kubogi va 8 karra O‘zbekiston mustaqilligi kubogi kabi yutuqlar borligini alohida ta'kidlash joiz.

(fotolar O‘zbekiston Bastketbol federatsiyasi telegram kanalidan)

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech