• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

2023-yilning 8 oyida OKMK 465,4 mln dollarlik mahsulotlar eksportini amalga oshirdi

06 Sentyabr 2023, 15:4 989

Joriy yilning 8 oyida yuqori mehnat marralarini zabt etgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi mahsulotlar eksporti yo‘nalishida ham barcha rejalarning bajarilishini ta'minlashdi.

OKMK Metallurgiya xom-ashyosi bilan ta'minlash va sotish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan 8 oyda 465 434 000 dollarlik mahsulotlar eksport qilingan. Reja esa 100,4%ga bajarilgan.

Mahsulotlar kesimida oladigan bo‘lsak, 37 736 tonna mis mahsulotlari, 25688 tonna rux mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan.

Shuningdek, molibden mahsulotlari (125,8%), reniy (144%)hamda kadmiy (141%) metallari eksporti rejasining bajarilishida yuqori natijalar qayd etilgan.

Bundan tashqari, mis kuporosi, sulfat kislotasi, volfram, palladiy kukuni, qo‘rg‘oshin konsentrati kabi mahsulotlar eksportida o‘sish sur'atiga erishilgan.

Eslatib o‘tamiz, OKMK mahsulotlari asosan, Turkiya, Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Bolgariya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Ukraina, Polsha, Tojikiston, Indoneziya, Niderlandiya, Xitoy, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga eksport qilinayapti. Shuningdek, kombinat mahsulotlari yangi bozorlarga xususan, Surinam, Keniya, Avstraliya, Litva, Gruziya, Portugaliya, Kanada, Avstriya, Ispaniya, Finlyandiya, Marokash va Singapur kabi davlatlarga ham yuborilmoqda.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech