• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-Mis boyitish fabrikasi: Boyitish jarayonlari uchun yangi texnologiya

16 Fevral 2024, 8:24 1078

Nafaqat yirikligi balki eng zamonaviy texnologiyalari bilan ham muhim ahamiyatga ega 3-Mis boyitish fabrikasi mamlakatimizda xususan, Markaziy Osiyodagi ulkan boyitish fabrikasi bo‘lishi kutilmoqda. “OKMK” AJ tarkibida o‘zlashtirilayotgan Yoshlik I koni negizida barpo etilayotgan mazkur fabrikaning har bir jarayoni ma'danga boy rudani qayta ishlashda yuqori aniqlik va sifatni ta'minlay olishi bilan ham ahamiyatli sanaladi.

Qurilish jarayoni bilan tanishar ekanmiz, fabrikadagi eng muhim bosqich kechadigan, Yanchish va flotatsiyalash sexida bo‘ldik. Bu yerda foydali qazilmalarni boyitish gravitatsiya va flotatsiya usullari yordamida amalga oshiriladi.

Fabrikaning Yanchish va flotatsiyalash sexidagi Yanchish va gravitatsiyali boyitish uchastkasida qurilish ishlari qizg‘in pallaga kirgan. Fabrika texnologik zanjirida muhim ahamiyat kasb etuvchi ushbu uchastkaga gronolumetrik tarkibining 80% ni 3,9 mm  tashkil qiluvchi bo‘tana maydalash sexidan qabul qilinib olingandan so‘ng,  4/1 qismi himoya elaklaridan o‘tkazilib, gravitatsion konsentratorlarga yuboriladi. Gravitatsion konsentratorlarning asosiy vazifasi ma'dan tarkibidagi qimmatbaho metallarni gravitatsion usul yordamida ajratib olish hisoblanadi. Bu orqali ma'dan tarkibidagi qimmatbaho metallarni ajratib olish imkoniyatini yanada oshirib, xom-ashyodan oqilona foydalanish, fabrikaning qimmatbaho metallarni ajratib olish imkoniyatini beradi. 

Bo‘tananing 4/3 qismi esa tasniflash vazifasini bajarish uchun xizmat qiluvchi gidrosiklonlarga yuboriladi. Gidrosiklonlarda bo‘tana gronulometrik tarkibiga ko‘ra tasniflanadi. Gronulometrik tarkibiga ko‘ra 80% dan kam bo‘lmagan qismi 71 mikronni  tashkil  qiluvchi  bo‘tana eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan flotatsiya bo‘limiga jo‘natiladi. Gronulometrik tarkibi yirik bo‘lgan qumli bo‘tana yanchish jarayoniga yuboriladi.

Yana bir e'tiborga molik tomoni ushbu sexda ishlatiladigan barcha elektrodvigatellar chastotali konvertorlar bilan jihozlangan bo‘lib, bu energiya resurslaridan samarali foydalanish imkoni bilan birgalikda energiya tejamkorligiga ham olib keladi.

Yanchish va gravitatsiyali boyitish uchastkasiga MShS 7.3x13.0 markali tegirmondan 12 ta o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib shundan 11 donasi o‘rnatildi. So‘nggi tegirmonni yig‘ish ishlari amalga oshirilmoqda, shuningdek poydevorga o‘rnatilgan tegirmonlarda sozlash ishlari olib borilmoqda. Tegirmonlar ish faoliyati uchun zarur bo‘lgan moylash tizimlarining o‘rnatish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Fabrika ish faoliyatida muxim axamiyatga ega bo‘lgan flotatsiya uchastkasida o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan “Agitator” chanlar, asosiy va tozalash operatsiyasi uchun mo‘ljallangan flotatsiya uskunalari o‘rnatilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bundan tashqari, soatiga har biri 3500 m kub havoni haydab berish quvvatiga ega bo‘lgan 4ta kompressor o‘rnatildi.

Sex mehnat jamoasi bosqichma-bosqich shakllantirilmoqda. Bugungi kunda ishga qabul qilingan muhandis-texnik hamda ishchi xodimlar “Olmaliq KMK” AJ tarkibiy bo‘linmalarida malakaviy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda.

Ma'lumot uchun: Ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasining ishlab chiqarish bo‘linmalari uchun zarur bo‘lgan barcha texnologik uskunalar qurilish maydoniga olib kelinib, montaj ishlari olib borilmoqda. Hozirda mazkur ob'yekt qurilishida 23 ming quruvchi va 500 dan ortiq maxsus texnika ishlamoqda. “Yoshlik-1” koni va 3-Mis boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech