• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi: Elektr ta'minotida energiya tejovchi texnologiyalar joriy etiladi

12 Yanvar 2024, 9:8 1277

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati konlari negizida rangli va qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish investitsiyaviy loyihasining 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasining qurilishi jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Qurilish ishlari bilan parallel ravishda texnologik uskunalarni o‘rnatish ishlari ham amalga oshirilayapti.

Hozirda, 3-Mis boyitish fabrikasini elektr ta'minoti bilan ta'minlovchi uskunalar ham o‘rnatila boshlandi. Fabrika bosh energetigi Otabek Turdiboyevning ma'lum qilishicha, fabrika elektr energiyasining ta'minoti umumiy quvvati 465 mVt bo‘lib, fabrikada umumiy 3ta Bosh pasaytiruvchi nimstansiyalar mavjud. Ushbu nimstansiyalarda 8 dona 100 mVtli va 2 dona 63 mVtli xorijiy kompaniyada ishlab chiqarilgan transformatorlar o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda bosh transformatorlardan 6tasi o‘rnatib bo‘lindi. Xususan, 1-Bosh pasaytiruvchi nimstansiyasida 2ta 100 mVtli va 2-Bosh pasaytiruvchi nimstansiyasida ham 2ta 100 mVt quvvatiga ega bo‘lgan bosh transformatorlar o‘rnatilgan. 1- va 3- bosh pasaytiruvchi nimstansiyasida elektrojihozlar to‘liq o‘rnatib bo‘lindi. Hozirda sozlash va sinov ishlari amalga oshirilmoqda. 2-bosh pasaytiruvchi nimstansiyasida 2 dona bosh transformatorlarning qo‘shimcha qurilmalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

E'tiborlisi, fabrikaning asosiy sexlarida dunyoning yetakchi elektrodvigatel ishlab chiqaruvchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektrodvigatellar o‘rnatilmoqda. Jumladan, valokli maydalagichlar uchun quvvati 3450 kVt, bisserli tegirmonlar uchun quvvati 1800 kVt hamda bo‘tana nasoslari uchun quvvati 1200 kVt bo‘lgan, yirik va o‘rta maydalash maydalagichlar uchun quvvati 800 kVt va 8000 kVt bo‘lgan elektrdvigatellar olib kelindi va o‘rnatishga tayyor.

Ma'lumki, bugungi kunda energoresurslarga ehtiyoj kundan-kunga talab ortib bormoqda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan  tasdiqlangan energetika tarmoqlarida energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, tashkilotlarda energiyasamaradorligini oshirish bo‘yicha qarorlari asosida barpo etilayotgan fabrikada energiya ta'minoti va undan oqilona foydalanish, energiya sarfini kamaytirish maqsadida raqamlashtirilgan tizim joriy etilmoqda. Ushbu tizim kelgusida energo resurslarni energo dispetcherlik xizmati orqali nazorat qilishni ta'minlab, energoresurslardan oqilona foydalanish va avariyaviy holatlarning oldini olishda tezkor yordam beradi. Bundan tashqari, raqamlashtirilgan tizim elektrqurilmalarini masofadan boshqarish imkoniyatini berib, elektruskunalarida xavfsiz ish olib borishni ta'minlaydi.

Kelgusida 3-Mis boytish fabrikasida muqobil energiya ishlab chiqarish manbalaridan foydalanish loyihalarni ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.

Hozirda fabrikaning Bosh energetigi bo‘limini bosqima-bosqich jadval asosida ishga tushirish ishlari amalga oshirilmoqda. Va energetika sexi hamda boshqa  asosiy sexlarda energo xizmatlari tashkil etilib, ish faoliyatini olib borishmoqda.

3-Mis boyitish fabrikasining asosiy elektr ta'minoti 2023 yil oxirida foydalanishga topshirilgan 500 kVli “Tukket”birinchi raqamli transformator nimstansiyasidan 100 kV kuchlanishli havo tarmoqlari orqali olinadi.

2024-yil 1-yanvar holatiga  fabrika qurilish maydonida 17,6 mln(89%) kub metr yer ishlari, 594,3 ming kub metr beton ishlari(76%), 84,2 ming tonna armaturani mustahkamlash ishlari(81%), 8,2 ming tonna texnologik uskunalarning montaji(25%), 11,2 ming tonna metallkonstruksiya ishlari(17%) bajarilgan.

Shuningdek, fabrikaning elektr ta'minoti bilan ta'minlash bo‘yicha ishlar 40%ga bajarilgan.

Ma'lumot o‘rnida: Hozirda mazkur ob'yekt qurilishida 23 ming quruvchi va 500 dan ortiq maxsus texnika ishlamoqda. “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasi foydalanishga topshirilgandan so‘ng, 6 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, davlat byudjetiga yiliga qo‘shimcha 300 mln dollardan soliq tushumlari ta'minlanadi. Eksport 500 mln dollarga ortadi.

Sherzod Tilovberdiyev

Bo`lishmoq:
Text to speech