"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33“Yashil makon” umummilliy loyihasi bugun haqiqiy xalq harakatiga aylandi. Ushbu xayrli tashabbusga Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Xususan, 3-Mis boyitish fabrikasi hududida olib borilayotgan keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari korxonaning nafaqat sanoat salohiyati, balki ekologik barqarorlikka bo‘lgan yuksak e’tiborini ham namoyon etmoqda.
Yil boshidan bugungi kunga qadar boyituvchilar sanoat hududi va unga eltuvchi yo‘l chetlariga 12 xil turdagi daraxt hamda 8 mingdan ortiq gul ko‘chatlarini ekishdi.
3-MBF xo‘jalik uchastkasi boshlig‘i Ixtiyor Do‘sovning aytishicha, ayni damda 3,5 gektar yer maydoniga 20 mingdan oshiq daraxt nihollari ekilayapti. Ularni sugʻorish uchun tomchilatib sug‘orish tizimi oʻrnatilmoqda.
Shuningdek, fabrikaning 40-, 48-, 57-, 34-konturlaridagi 1,5 gektar hududni egallagan tik yon bag‘irlari ko‘kalamzorlashtirilib, 25 mingdan ziyod daraxt ko‘chatlarini ekish rejalashtirilmoqda. Tomchilatib sug‘orish tizimi uchun umumiy uzunligi 10 050 metr bo‘lgan, diametri 20 mmli polietilen quvurlar hamda 5 va 10 tonnalik sig‘imga ega suv idishlari o‘rnatilayapti.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan nav-niholarni parvarishlash uchun hududga doimiy ishchi-xodimlar biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan ko‘chatlarga muntazam ravishda agrotexnik ishlovlar berib borilmoqda. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish maqsadida 6000 m³ maydonga tomchilatib sug‘orish tizimi hamda hajmi 25 m³ bo‘lgan maxsus suv saqlash sig‘imlari o‘rnatilgan.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, tabiatga bo‘lgan munosabat — bu bizning kelajakka bo‘lgan munosabatimizdir. 3-Mis boyitish fabrikasi jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu kabi tizimli ishlar sanoat va ekologiya o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘tamoqda. Zero, bugungi yashil hududlar ertangi avlodning musaffo osmoni va sog‘lom hayoti uchun qo‘yilgan eng mustahkam poydevordir.
Axborot xizmati