Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Mamlakatimizda rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Xususan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining “Yoshlik-1” koni negizida qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasi bu boradagi ulkan qadamlardan biridir desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Qiymati 2 milliard dollar bo‘lgan ushbu korxona yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash imkonini beradi. Yangi fabrikada ruda omborlari, maydalash, yanchish va flotatsiya binolari, filtrlash korpuslari ta'mirlash ustaxonalari, chiqindi xo‘jaligi va boshqa ob'ektlar bo‘ladi. Ish jarayoni zamonaviy uskunalar yordamida boshqariladi. Bu inson omilini kamaytirib, mahsulot sifati va ish xavfsizligini ta'minlashga xizmat qiladi. Fabrikadagi har bir jarayon bir biriga uzviy bog‘liq ularni alohida tassavur etib qiyin. Jumladan, keltirilgan rudalar maydalash bosqichida maydalanib, sinflarga ajratiladi va 60 mm dan kichik bo‘lganlari mayda-maydalash bo‘limida 6 mm va undan kichik holatga keltiriladi shundan so‘ng, suvli g‘alvirlash uchastkasiga keyin esa yanchish va flotatsiyalash sexiga yuboriladi. Mazkur sex yanchish va gravitatsiya hamda flotatsiyalash uchastkalaridan iborat. Uning umumiy maydoni 54 844 m.kv.ni tashkil etadi. Ushbu sex ishga tushishi natijasida esa 381 nafar ishchi va muhandis-texnik xodimlar uchun ish o‘rni yaratiladi. Yanchish va gravitatsiyalash uchastkasining asosiy vazifasi ma'danni boyitishga tayyorlash ya'ni u rudani yanada mayinlashtirib - 0.074 mm gacha yanchib beradi. Bu yerda 12 ta tegirmon, 48 ta g‘alvirlagich, 12 ta saralovchi gidrosiklon, 48 ta gravitatsion konsentratorlar kabi uskunalar o‘rnatiladi. E'tiborlisi, ularning barchasi yuqori samaradorlikka ega. Kezi kelganda ta'kidlab o‘tish kerakki har bir tegirmoning quvvati soatiga 730 tonna rudani qayta ishlashga mo‘ljallangan. Hozirda 3 ta sharli tegirmonlarning montaj ishlari yakunlangan va 4-tegirmonni montaj ishlari olib borilmoqda. Ushbu dastgohlarni kombinat tasarrufdagi fabrikalarda ishlayotgan tegirmonlar bilan solishtiradigan bo‘lsak, uning afzalliklari talaygina. 3-MBF rudalarni tayorlashda 3-bosqich maydalash jarayoni yuqori bosimli press-valokli maydalagichlarda amalga oshirilishi tufayli, yanchish jarayoniga 6 mm dan kichik bo‘lgan mahsulot yetkazilib berilishi natijasida birinchi bosqich yanchish jarayonidan foydalanilmaydi. Bu esa ishlab chiqarish jarayonidagi elektr energiya va boshqa xarajatlarning tejalishiga erishiladi.
Gravitatsion konsentratorlar haqida gapiradigan bo‘lsak bu dastgoh, ma'dan tarkibidagi flotatsiya jarayoni orqali ajratib olinishi imkoniyati bo‘lmagan qimmatbaho metallni ajratib olishda foydalaniladi.
Megaloyiha doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasi nafaqat OKMK hayotida balki mamlakatimiz sanoati tarixida yangi davrni boshlab bermoqda. Muxtasar aytganda yaqin kelajakda kombinat tog‘-kon metallurgiyasi sohasida dunyodagi eng yirik sanoat majmualaridan biriga aylanadi.
OKMK Axborot xizmati