• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

3-Mis boyitish fabrikasi: Yirik maydalash sexi Maydalash va qayta yuklash majmualari

24 Sentyabr 2024, 13:7 386

“Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish bo’yicha “Yoshlik 1” konini o’zlashtirish investitsiyaviy loyihasi”ning 1-bosqichini amalga oshirish doirasida ayni paytda 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi bilan parallel ravishda jihozlarini o’rnatish va sozlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, “Yoshlik 1” koni hududaida joylashgan 3-Mis boyitish fabrikasi Yirik maydalash sexiga qarashli Maydalash va qayta yuklash majmualari umumiy soni 3 tani tashkil etadi. Ishlab chiqarish quvvati soatiga 6500 tonnani tashkil etuvchi 3-Maydalash va qayta yuklash majmuasida uskuna va jihozlarning montaj ishlari to’liq yakunlanib, hozirda to’liq yuklama bilan sinov jarayonlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda maydalash va qayta yuklash majmualarining 3 tasida ham qurilish ishlari yakunlangan. Qolgan ikkita maydalash va qayta yuklash majmualarida uskuna va jihozlarning montaj ishlari yuqori suratlarda amalga oshirilmoqda.

3-Maydalash va qayta yuklash majmuasidagi to’liq yuklama bilan sinov jarayonlarining navbatdagisi joriy yilning 19-sentyabr kuni o`tkazildi.

Bunda “Yoshlik 1” konidan keltirilgan ma’dan uchinchi maydalash va qayta yuklash majmuasining 1-bosqich maydalash jarayoni qabul qiluvchi bunkeriga yuklandi. Har bir majmua bir vaqtning o’zida 2 tadan kon transportlarini qabul qilish imkoniyatiga ega.

Yirik maydalash sexida huddi shunday yana ikkita inshoot, birinchi va ikkinchi maydalash va qayta yuklash majmualari barpo etilayotgan bo’lib, ular ham foydalanishga topshirilish arafasida. Ahamiyatli jihati shundaki, 3-MBFning texnologik jarayonlari aynan kondan boshlanadi, yani 1300 mm kattalikgacha bo’lgan ma’danlarni birlamchi maydalash jarayoni konning o’zida amalga oshiriladi. Majmuada avtosamosvallardan ma’danni to’kish jarayonida atrof-muhitga chang ko’tarilib, ekologiyaga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, to’liq avtomatlashtirilgan, yuqori bosim ostida suv purkash tizimi joriy etilgan.

Qabul qiluvchi bunkerlarga to’kilgan ma’dan Rossiyaning “UZTM KARTEKS” kompaniyasida ishlab chiqarilgan KKD-1500/200(180)М-2П ko’nussimon yirik maydalagichlarida maydalash jarayoni amalga oshirilgach, ma’dan yirikligi 1300 mm dan 300-350 mm gacha kichraytiriladi.

Germaniyaning “Aumund” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta plastinali ta’minlagichlar yordamida tasmali konveyerlarga uzatiladi. Oʻz navbatida tasmali konveyerlar qayta yuklash qurilmasi orqali uzunligi 4200 metrni tashkil etuvchi Germaniyaning FLSmidh kompaniyasida ishlab chiqarilgan 2 ta magistral konveyerlarga kelib tushadi, 1500 kVt quvvatga ega bo’lgan 4 dona, Germaniyaning ABB kompaniyasi elekrodvigatellari bilan jihozlangan ushbu konveyerlarning har biri, soatiga 6500 tonna umumiy 13 000 tonna ma’danni, sekundiga 4 metr tezlikda, “Yoshlik 1” konidan 3-Mis boyitish fabrikasida joylashgan, umumiy sig’imi 320 000 tonnaga teng bo’lgan yirik maydalangan ruda omboriga etkazib beradi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech