Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan mega loyiha sifatida e'tirof etilayotgan “Yoshlik-1 konini o‘zlashtirish” investitsiyaviy loyihasi asosida barpo etilayotgan 3-mis boyitish fabrikasining sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Suv ta'minoti obyektlarini qurish bo‘yicha 3-MBF tashqi suv ta'minoti sxemasi tasdiqlandi. Obyektlar uchun zarur bo‘lgan hududlarning aniq chegaralari va zarur bo‘lgan yer maydonlari uchun Piskent va Ohangaron tumanlaridan 712 gektar ajratildi.
Sanoat suv ta'minoti gidrolog muhandisi Sanjar Namozboyevni ma'lumotiga ko‘ra, hozirda Ohangaron tumani hududida joylashgan “Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasida ishlar boshlab yuborildi. Ushbu havza Ohangaron(Angren daryosi qirg‘og‘ida joylashgan bo‘lib, asosiy to‘yinish manbai daryo va ichki sug‘orish tizimlaridan hisoblanadi. Havzaning yer osti suv sathi 1 metrdan 3 metrgacha bo‘lib, hududi yer osti suvlariga boy. Hududda “O‘zbekgidrogeologiya” tomonidan suv zaxiralarini tasdiqlash maqsadida qidiruv ishlari olib borilib, xulosa berilgan. “O‘zgeorangmetLITI” loyihalash tashkiloti tomonidan esa loyiha ishlari tayyorlangan. Bugunda kunda mazkur hududda pudratchi tashkilot Enter Engineering kompaniyasi tomonidan qurilish ishlari olib bormoqda. Loyiha bo‘yicha jami bo‘lib 39ta yer osti quduqlari burg‘ulanishi kerak. Hozirda 22ta yer osti quduqlari burg‘ulangan. Ushbu burg‘ulash ishlariga 8ta burg‘ulash uskunalari jalb etilgan. Har bir quduqnining quvvati soatiga 320 metr kub/soat bo‘lib, suv havzasi jami har soatda 9600 metr/kub suv yetkazib beradi.
“Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasidagi 39ta yer osti quduqlari 2 qatorda bo‘ladi.Ushbu quduqlar suv yig‘ish kollektoriga yig‘ib beradi. Ushbu suvlar 2ta diametri 1200 mm bo‘lgan quvurlar yordamida fabrikaga yetkazib beriladi.
Shuningdek, pudrat tashkilot tomonidan nazorat yo‘llar ham barpo etiladi.
Bu fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini 40%ni qondiradi. Ushbu yer osti suv havzasini barpo etishdan tashqari parallel ravishda ushbu ob'ektni elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun “Qoraxitoy” nimstansiyasini qurish ishlari ham boshlab yuborilgan. Hozirda nimstansiyaning poydevorini quyish ishlari olib borilmoqda. Ushbu nimstansiyaga quvvati 4 kilovatt amperga teng bo‘lgan transformatorlar o‘rnatiladi.
Bundan tashqari, fabrikaning sanoat suviga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq qondirish maqsadida Piskent tumani hududida “Saganak”, “Quyi Saganak” va “Kultepa” yer osti suv havzalarida ham izlanish ishlari olib borilayapti. Ushbu yer osti suv havzalarida jami bo‘lib yana qo‘shimcha ravishda 62ta yer osti quduqlari burg‘ulanadi. Bu yerda ham ishlar boshlab yuborilgan.
“Qoraxitoy-Aqchasoy” yer osti suv havzasidan 3-Mis boyitish fabrikasigacha bo‘lgan masofa 19 km bo‘lib, 26 km uzunlikda 1200 mm diametrdagi suv quvurlari joylashtiriladi. Ularga parallel ravishda xizmat ko‘rsatuvchi yo‘l ham quriladi.
3-MBF tashqi suv ta'minoti obyektlari reja bo‘yicha 2023-yilning sentabr oyiga foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati