"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Soʻnggi yillarda ulkan bunyodkorliklar manziliga aylangan OKMK tom ma’noda Respublika iqtisodining drayver korxonasi sifatida oʻz oʻrnini yanada mustahkamlab kelmoqda. Kombinatda yildan-yilga kengayib borayotgan ishlab chiqarish quvvatlari oʻz-oʻzidan yondosh tarmoqlarning rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishiga ham sabab boʻlyapti. Xususan, Loyiha ishlari boshqarmasi tomonidan 2-sonli birlashgan chiqindi to‘plash omboridan birinchi Mis boyitish fabrikasigacha bo‘lgan 4-magistral suv quvuri qurilishi bo‘yicha, loyiha tayyorlanib, oʻrnatish jarayonlari nihoyasiga yetmoqda.
1982-yil foydalanishga topshirilgan 1- va 2- yer ostidagi suv quvurlarining foydalanish muddati oʻtganligi hamda eski chiqindi saqlash ombori ish faoliyatini tugatilganligi sababli, 2023-yil 3-quvur ishga tushirilgan edi. Bugungi kunda yangi chiqindi saqlash omborida tindirilgan suv massasi koʻpayganligi inobatga olinib, navbatdagi 4-suv quvuri oʻrnatilmoqda.
Kapital qurilish boshqarmasi ishlab chiqarish texnik boʻlimi boshligʻi Xurshid Davronovning maʻlum qilishicha, diametri 1220 mm, uzunligi 18200 pogona metr bo‘lgan temir quvurlarni montaj qilish ishlari “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti tomonidan amalga oshirilib, bosqichma-bosqich 4a kamerasigacha bo‘lgan masofada, bosim ostidagi sinov ishlari ketmoqda. 54-nasos qurilmasi orqali birinchi MBFni tindirilgan suv bilan taʼminlash maqsadida chiqindi to‘plash omboridagi suvlarni yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan mazkur loyiha quvvatiga asosan suv sarfi – 14000-15000m3/soatni tashkil etadi.
Qiymati 132 mlrd soʻmni tashkil etadigan ushbu loyiha bugungi kunning eng dolzarb masalasi hisoblangan suvdan oqilona foydalanish imkonini yaratib shu orqali iqtisodiy samara keltirishi bilan ham ahamiyatlidir.
Sherzod Tilovberdiyev