Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan joriy yilning 7 oyi davomida barcha ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bajarilishiga erishildi.
Jumladan, 2022 yil yanvar-iyul holatiga ko‘ra, reja bo‘yicha 135,6 mlrd so‘mlik sanoat mahsuloti ishlab chiqarilishi belgilangan edi. Amalda esa 238,0 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan holda reja 175,5%ga bajarilganini alohida ta'kidlash joiz.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksporti bo‘yicha 5,8 mln dollarlik reja belgilangan edi. Amalda 20,6 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 357,7%ga uddalangan.
Mahalliylashtirish dasturi ham birlashmada samarali amalga oshirib kelinayapti. Dastur doirasida 42ta loyiha asosida 62 735,2 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, reja 100,7%ga uddalangan.
Texnologik ishlab chiqarish rejimiga qat'iy amal qilish, ishga bo‘lgan jiddiy yondashuv va mas'uliyat sabab 7 oyda birlashma tomonidan ishlab chiqarishdan 115,8 mlrd so‘mlik foyda olinganini alohida ta'kidlash joiz.
Axborot xizmati