Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMK — mintaqaviy hamkorlik markazi

07 Aprel 2026, 10:59 144

O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda Afg‘oniston Islom Amirligi Tog‘-kon va neft vazirligi o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq, ikki tomonlama hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Ushbu sheriklik doirasida afg‘onistonlik mutaxassislar uchun yurtimizda malaka oshirish kurslari tashkil etilgan bo‘lib, dastur doirasida yirik sanoat korxonalariga tashriflar amalga oshirilmoqda.

Xususan, kuni kecha Afg‘oniston Islom Amirligi mutaxassislaridan iborat delegatsiya “Olmaliq KMK” AJda bo‘ldi.

Tashrif davomida mehmonlar dastlab O‘quv markazi mas’ullari hamrohligida “Qalmoqqir” konining ishlab chiqarish quvvatlari va texnik imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, kombinatda amalga oshirilayotgan megaloyiha — “Yoshlik I” konini o‘zlashtirish ishlari delegatsiya a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Tashrif davomida mehmonlar “Metallurg” madaniyat saroyidagi muzey ekspozitsiyalarini ko‘zdan kechirib, korxonaning boy tarixi va rivojlanish bosqichlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ldilar.

Ulug‘bek Igamberdiyev,

O‘quv markazi yetakchi muhandisi

Bo`lishmoq:
Text to speech