• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

Adju universiteti delegatsiyasi OKMKga tashrif buyurdi

10 May 2024, 8:25 367

OKMK jahonning qator xalqaro tashkilotlari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan doimiy hamkorlikni yo’lga qo’ygan. Mazkur manfaatli aloqalar doirasida OKMKga Janubiy Koreyaning Adju universiteti xalqaro tadqiqotlar oliy maktabi professor o’qituvchilaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Delegatsiya a’zolari kombinat faoliyati bilan tanishuvni Qalmoqqir konidan boshlashdi. Mehmonlarga boshqaruv raisining raqamlashtirish bo’yicha o’rinbosari v.b. Ravshan Maksumov hamrohlik qildi.

Mehmonlar Yoshlik-1 konida ham bo’lishib texnologik jarayonlar bilan tanishishdi.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiSning Olmaliq filialida bo’lishdi. Ta’lim maskani faoliyatini kuzatgan professor o’qituvchilar filial talabalari uchun seminar mashg’ulotlarini ham o’tishdi. Shu o’rinda ta’kidlash kerakki, Adju universiteti Janubiy Koreyaning yetakchi muhandislik universiteti hisoblanadi. Mazkur oliy o‘quv dargohi o‘zining innovatsion xalqaro dasturlari bilan tanilgan. Universitet 200 ta mamlakatning 58 dan ortiq oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlik qiladi. Xususan OKMKning mutaxasisilari ham ushbu universitet bitiruvchilari sanaladi. 

Navbatdagi manzil 3-Mis boyitish fabrikasida bo’lgan mehmonlar jadal kechayotgan qurulish ishlarining guvohi bo’lishdi.

Shundan so’ng “Metallurg” madaniyat saroyida bo’lgan delegatsiya a’zolari “Suyurlitepa yodgorliklari ko’rgazmasi va konchilar muzeyini tomosha qilishdi.

Koreyalik mehmonlar tashrif davomida olgan o’z taassutorlarini bildirib o’tishdi.

Byeong-Yun Chang “Adju” universiteti dekani, professor: - Bugungi tashrifda universitetimiz bitiruvchilarining ish faoliyati bilan tanishdik.Shuningdek metallurgiya sohasida raqamlashtirish jarayonlariga ham guvoh bo’ldik.  OKMK konlarida kechayotgan texnologik rivojlanishni kuzatdik. Ta’kidlash kerakki kombinatda katta loyihalar amalga oshirilmoqda.  Tashrif davomida bu yo’nalishga yana qanday qulayliklarni tadbiq qilish mumkinligini rejalashtirmoqchimiz.

Byoung-Kvan Kim “Adju” universiteti professori: Bugun  ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish davomida shunga amin bo’ldimki korxonangiz salohiyati juda ulkan ekan. O’ylaymanki u yanada rivojlanishda davom etadi. Kombinat mutaxassislariga bizni iliq kutib olishgani uchun minnnatdorchilik bildirmoqchiman.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech