"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari doirasida ko‘plab sohalarda samarali ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Mazkur hamkorlik aloqalari doirasida ayni kunlarda Afg‘oniston Tog‘-kon sanoati va neft vazirligining texnik delegatsiyasi konchilik sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida O‘zbekistonda bo‘lib turishibdi.
O‘zbekiston tog‘-kon va geologiya sohasida katta tajribaga ega bo‘lib, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik doirasida afg‘on mutaxassislari 28 kunlik malaka oshirish kursida ishtirok etishadi.
Dastur “Geologiya-qidiruv va konchilik sanoatida laboratoriya va analitik tadqiqotlar” mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, “Uzbek Overseas Geology Company” homiyligida Geologiya fanlari universiteti huzuridagi “Tog‘-kon va geologiya sohasi xodimlari malakasini oshirish instituti”da o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Malaka oshirish dasturi doirasida afg‘on mutaxassislari joriy yilning 13-yanvar kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bo‘lishdi. Ular dunyodagi eng yirik konlardan biri bo‘lgan Qalmoqqir konidagi texnologik ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlar istiqbolli kon sifatida e’tirof etilayotgan “Yoshlik-1” koniga ham borishib, kondagi jarayonni ko‘zdan kechirishdi.
OKMK Axborot xizmati