• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

AGMK gandbolchilari - “INTERAMNIA WORLD CUP” g‘olibi

17 Iyul 2023, 9:10 1128

Xabaringiz bor, joriy yilning 4-15 iyul kunlari Italiya davlatining Teramo shahrida gandbol bo‘yicha o‘tkazilgan 50th Interamnia World Cup musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘ziga xos jahon kubogida 5 ta qit'aning 46 davlatidan tashrif buyurgan yoshlar va qizlar, erkaklar va ayollar jamoalari g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashdi.

Quvonarlisi, mazkur musobaqada Toshkentning RKOR va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining AGMK jamoalari mamlakatimiz sharafini munosib himoya qildi.

Jumladan, murabbiy Hasan Qayumov boshchiligidagi AGMK jamoasi 21 yosh va undan kattalar o‘rtasidagi bahslarda mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

Vakillarimiz g‘oliblik yo‘lida “Tsinghua university” (Xitoy), INDIA HHC (Hindiston), “Crea El Harrouch” (Jazoir), “Madagaskar J.A.P. (Madagaskar), “Cus unite lions Teramo” (Italiya), “Turan” S.C. (Qozog‘iston), “Veteran hammamet” (Tunis), “Taiwan university” (Tayvan') va “Nady Shahab Azoun” (Falastin) kabi jamoalarni mag‘lubiyatga uchratishdi.

Gandbolchilarimizni ushbu g‘alaba bilan qutlab qolamiz.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech