• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

OKMK: 2022-yil samarali yakunlandi

06 Yanvar 2023, 8:6 2161

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan 2022-yil barcha rejaviy vazifalar bajarilishiga erishildi.

Jumladan tovar mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha reja 108,3%ga uddalandi. Reja bo‘yicha 28 173 061 393 ming so‘mlik mahsulot tayyorlanishi kerak edi. Amalda esa 30 524 787 717 ming so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, Xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish bo‘yicha vazifa 135,9%ga bajarilib, 4 618 574 000 so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Mis katodi ishlab chiqarish rejasi 100%ga bajarildi.

Bundan tashqari, rux ishlab chiqarish rejasi 100,1%ga ado etilgan holda o‘sish sur'ati +100% bo‘lgan. O‘z xom ashyomizdan rux ishlab chiqarish bo‘yicha vazifa 104,8%ga bajarilgan. O‘sish sur'atida esa +130%lik natija qayd etilgan.

Polimetall rudalarni qazib olish bo‘yicha reja 102%ga, uni qayta ishlash vazifasi 103,1%ga bajarilgan.

Shuningdek, oltin tarkibli rudalarni qazib olishda 102,2%lik natija kuzatilgan. Ushbu rudalarni qayta ishlash rejasi esa 104%ga bajarilgan.

Mis kuporosi, emallangan mis simlar,texnik selen va tellur ishlab chiqarish vazifalar ham 100%ga ado etilgan.

Perranat ammoniy hamda palladiy kukunini tayyorlashda 132,4%lik va 185,2%lik natija qayd etilganini alohida ta'kidlash joiz.

Molibden 3 oksidini ishlab chiqarish vazifasi esa 115,2%ga uddalangan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu