• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 5 oyda barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarildi

04 Iyun 2024, 8:20 935

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati mehnat jamoasi tomonidan joriy yilning 5 oyida ham barcha ishlab chiqarish prognozlari bajarilishiga erishildi.

OKMK Ishlab chiqarish va sarf-xarajatlar monitoringi boshqarmasi taqdim etgan ma’lumotlarga koʻra, 2024 yil yanvar-may holatiga tovar mahsulotlari ishlab chiqarish prognozi 116,1%ga bajarilgan.

Qalmoqqir konidan ma’dan qazib olish prognozida +109,1%lik oʻsish sur’ati qayd etilib, prognoz 101,5%ga ado etilgan.

Mis xom ashyosini qayta ishlash vazifasi boʻyicha +103,5%lik oʻsish sur’ati kuzatildi.

Ushbu yoʻnalishda Mis boyitish fabrikasi (+103,5%) va 2-Mis boyitish fabrikasi (+103,5) belgilangan vazifalarni bajarishda oʻsish sur’atini qayd etishdi.

Konsentratda mis metalli boʻyicha prognoz 100,1%ga uddalangan. Bu yoʻnalishda ham har ikki mis boyitish fabrikalari ham oʻzlariga yuklatilgan vazifani bajarishdi.

Kombinatning asosiy mahsuloti boʻlgan mis katodi ishlab chiqarish prognozi 100,9%ga, oʻz xom ashyomizdan mis ishlab chiqarish vazifasi 105,2%ga bajarilgan.

Oʻz xom ashyomizdan rux metalli ishlab chiqarish prognozi 124,6%ga uddalangan.

Sulfat kislotasi ishlab chiqarish boʻyicha +100,5%lik oʻsish sur’ati qayd etildi.

Polimetall mahdanlarni qazib olish (101,3%), ularni qayta ishlash (100,6%), rux konsentratida rux metalli(106,4%) boʻyicha ishlab chiqish prognozlari Xondiza kon boshqarmasi mehnat jamoasi tomonidan oshigʻi bilan bajarildi.

Oltin tarkibli mahdanlarni qazib olish va uni qayta ishlash, 1- va 2- metall prognozlarini bajarishda Chodak kon boshqarmasi va Kovuldi koni kabi mehnat jamoalarini alohida ehtirof etish zarur.

Shuningdek, mis kuporosi(100%), texnik selen(100%), texnik tellur(100%), perranat ammoniy(104,9%), palladiy kukuni(108,9%) molibden 3 oksidi(105,8%) kabi mahsulotlarini ishlab chiqarish prognozlari ham oshigʻi bilan bajarildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech