• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda murojaatlar bilan ishlash tizimli yo‘lga qo‘yilgan

07 Yanvar 2022, 16:43 1581

“Olmaliq KMK” AJga kelib tushgan murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni hamda kombinatning ichki me'yoriy hujjatlari asosida ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, o‘tgan 2021-yil yakuni bo‘yicha murojaatlarni tahlil etadigan bo‘lsak, kombinatga turli xil mazmunda 3971ta murojaatlar kelib tushgan. Virtual qabulxona orqali esa 1324ta murojaatlar kelgan.

Shundan, 328tasi og‘zaki, 2044tasi yozma bo‘lib, 275ta murojaat elektr pochta orqali kelgan.

Murojaatlarning 489tasi qanoatlantirilib, 2001tasiga tushuntirish berilgan. 44tasi esa ko‘rmasdan qoldirilib, 4tasi rad etilgan.

Kombinat mas'ullari ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabullarda 99 nafar, xalq qabulxonalarida esa 12 nafar fuqaro qabul qilingan.

25 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. 84tasi hozirda o‘rganish jarayonida.

Virtual qabulxona orqali kelib tushgan 1324 ta murojaatlarningn 659tasi qanoatlantirilgan. 550tasiga tushuntirish berilgan. 47tasi ko‘rmasdan qoldirilib, 3tasi rad etilgan va 65tasi o‘rganish jarayonida.

"Olmaliq KMK" AJ tomonidan 2021- yil davomida murojaatlarni ko‘rib chiqishda kamchilik yo‘l qo‘ygan 2 nafar mas'ul xodim javobgarlikka tortilgan.

OKMK tomonidan 2021-yil davomida murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash, tizimli muammolarni hal etish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, quyi tashkilotlarda murojaatlar bilan ishlash yuzasidan 38ta o‘rganishlar o‘tkazilib, 25ta kamchilik aniqlangan.

Aniqlangan kamchiliklar asosan bo‘linmalardagi ish yurituvchilar murojaatchilarga yuborilgan javob xatlarini o‘z vaqtida ijro apparatiga taqdim etishmaganligi, murojaatni ko‘rib chiqayotgan korxona tomonidan javob xati murojaatchiga yuborilgan bo‘lsada, ular bilan og‘zaki tushuntirish ishlarini olib borish yetarli darajada emasligidan iborat  bo‘ldi.

 2021-yilning har choragida "Olmaliq KMK" AJ boshqaruv raisi raisligida murojaatlar bo‘yicha yig‘ilishlar tashkil etilib, ko‘p ko‘tarilayotgan masalalar va takroriy murojaatlar bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. Murojaatlar bilan ishlash holati tanqidiy muhokama etildi. Tahlillar natijasi bo‘yicha tegishli idoralarga yuborilgan takliflar yuborildi.

Kelib tushayotgan murojaatlarni tahlil etadigan bo‘lsak aksariyat murojaatlar ish bilan ta'minlash ekanligini kuzatishimiz mumkin.

Ushbu masalaning kelib chiqish sabablarini o‘rganadigan bo‘lsak oliy ta'lim muassasalari va kollej bitiruvchilari sonining ortishi, oliy ta'lim muassasalari va kollejlarda o‘qitiladigan mutaxassisliklarning hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlari bilan nomutanosibligini kuzatishimiz mumkin.                            

Muammoni yechish, murojaatlar sonini kamaytirish bo‘yicha 2021-yilning boshidan aholini ish bilan ta'minlash va bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish, shuningdek, oliy ta'lim muassasalari va "Olmaliq KMK" AJga biriktirilgan kollej bitiruvchilarining bandligini ta'minlash maqsadida 30 dan ortiq ishga qabullar o‘tkazilib, unda 1380 nafardan ortiq fuqarolar ish bilan ta'minlangan.                                                            

Shu jumladan, Olmaliq shahar hokimligi va mehnat birjasi yo‘llanmalari orqali 388 nafar kam ta'minlangan, nogironligi bor, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar a'zolari va yoshlar ishga joylashtirildi.

Murojaatchilarga og‘zaki ravishda, shuningdek, OAV orqali "Olmaliq KMK" AJga ishga kirish tartibi, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma'lumotlar va tegishli tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Xulosa qilib aytish mumkinki, har bir murojaat diqqat markazimizda va e'tibordan chetda qolmaydi.

Quddusxon Ismoilov,

Ijro apparati jismoniy va yuridik shaxslarning

murojaatlarini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i

Bo`lishmoq:
Text to speech