• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

OKMKda 5 oylik sarhisobi: belgilangan marralar zabt etildi

09 Iyun 2022, 17:15 2632

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 2022 yil yanvar-may holatiga koʻra barcha belgilangan ishlab chiqarish vazifalari bajarildi.

Jumladan, 13 640,4 mlrd soʻmlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarilib, reja  121,4%ga uddalangan holda, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surhati 115,7%ni tashkil etmoqda.

Ishlab chiqqarilgan mahsulotlar eksporti rejasi 144,1%ga bajarilgan holda 451,8 mln dollarlik mahsulot xorijga yuborilgan.

Mahalliylashtirish dasturi boʻyicha 117,0 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilgan. Reja esa 128,0%ga bajarilgan holda 160,3%lik oʻsish surhati kuzatilgan.

OKMK oʻtgan 5 oyda 3 342,7 mlrd soʻmlik sof foydaga erishgan holda rejani 143,5%ga ado etgan.

Mahsulotlar kesimida oladigan boʻlsa 58 625 tonna mis ishlab chiqarilgan vazifa 100%ga bajarilgan. Oltin va kumush metallini ishlab chiqarish boʻyicha ham belgilangan rejalar uddalangan.

339 899 tonna sul’fat kislotasi tayyorlanib, reja 102,4%ga bajarilgan.

Molibden uch oksidi ishlab chiqarish rejasi 109,7%ga uddalangan holda 464,1 tonna ushbu mahsulot tayyorlangan.

Shuningdek, rux  va portlandsement ishlab chiqarish boʻyicha ham oʻsish surhatiga erishilgan.

Yana bir ehtiborga molik jihat OKMK tomonidan 5 843,5 mlrd soʻm mablagʻ byudjetga toʻlovlar yoʻnaltirilgan holda reja 194,4%ga uddalafngan.

OKMK Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech