• Ishonch telefoni

    (+998 70) 619-23-33
Рус O'z En
Ishonch telefoni
Qayta bog'lanish

“BGRIMM Technology Group” kompaniyasi vakillari OKMKda

08 Avgust 2023, 8:4 2078

Joriy yilning 3-4 avgust kunlari OKMKga Xitoy Xalq Respublikasining “BGRIMM Technology Group” kompaniyasi vakillari tashrif buyurishdi.

Mehmonlar dastlab Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlari, Mis boyitish fabrikasi, 2- va 3-MBFga, tajriba boyitish fabrikasiga va Mis eritish zavodlaridagi texnologik ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar.

4-avgust kuni OKMK mas'ullari va mutaxassislari hamda xitoylik mehmonlar o‘rtasida hamkorlikda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi muhokama etildi.

Shuningdek, Qalmoqqir konining oksidlangan rudalarini va balans orti rudalarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish va tadqiq qilish masalasi ko‘rib chiqildi.

MBF 3-monoseksiyasi kaskadi hamda RIF-45 flotatsiya mashinalari misolida takomillashtirish,  kompaniya reagentlarini kombinat sharoitida sinovdan o‘tkazishni davom ettirish, ularning ikkitasini tajriba boyitish fabrikasida yarimsanoat sinovidan o‘tkazish rejalashtirildi.

Kombinat yerosti konlarida “BGRIMM Technology Group” kompaniyasining konchilik texnikalaridan foydalanish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Kompaniya vakillari tomonidan toshqollarni boyitish fabrikasini qurish bo‘yicha tenderda ishtirok etish yuzasidan qiziqish bildirildi.

Kompaniya tomonidan tajriba boyitish fabrikasi uchun mobil laboratoriya bo‘yicha muvofiqlik texnik taklif tayyorlanishi rejalashtirilmoqda.

Ma'lumot uchun, “Oksidlangan rudalarning texnogen chiqindilarini qayta ishlash bo‘yicha texnologik reglamentlarni optimallashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni tanlash” bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra “BGRIMM Technology Group" kompaniyasi g‘olib deb topildi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech