"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoni ijrosi yuzasidan Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mazkur farmon ijrosini ta’minlash maqsadida OKMKda ishchi guruh tashkil etilgan bo‘lib, bugun ishchi guruh a’zolari uchun seminar o‘tkazildi.
Seminarda Toshkent viloyati statistika boshqarmasidan Olmaliq shahriga aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarchilik ko‘rish bo‘yicha biriktirilgan mas’ul vakili Bahodir Abduqodirov, Olmaliq shahar hokimi o‘rinbosari Shermuhammad Begiyev, Olmaliq shahar statistika bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Isaxo‘jayevlar ishtirok etishib, ro‘yxatga olish tartib-qoidalari bilan ishchi guruh a’zolarini batafsil tanishtirib o‘tishdi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida 2026-yil 15-yanvar-28-fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilib, ro‘yxatga olish jarayoni 2 bosqichda tashkil etiladi.
1-bosqich 15-31-yanvar kunlari o‘tkazilib, 17 kun davomida census.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoni yaratiladi.
2-bosqich esa 4-28-fevral kunlari “Mahalla yettiligi” a’zolari uyma-uy yurib, planshet orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etadi.
Bu orqali davlat iqtisodiy siyosatini to‘g‘ri rejalashtirish uchun asosiy ma’lumot manbai shakllantiriladi.
Ushbu jarayonda aholining yoshi, oilaviy ahvoli, ta’lim darajasi, migratsiya, ish bilan bandlik va daromad manbalari haqida yagona baza yaratiladi. Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish, chorvachilik va parrandachilik ko‘rsatkichlari ham aniqlanadi.
Ma’lumotlar byudjet rejalashtirish, ijtimoiy dasturlar, uy-joy, ta’lim va infratuzilma loyihalarini samarali amalga oshirishda asos bo‘ladi. Savolnomalar 71 ta savoldan iborat bo‘lib, 54 tasi aholi, 17 tasi qishloq xo‘jaligiga oid.
Seminarda ro‘yxatga olish ishlari sanoat korxonalarida qanday tashkil etilishi bo‘yicha ham batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Ro‘yxatga olish ishlarini sifatli va samarali amalga oshirish uchun targ‘ibot ishlarini kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
OKMK Axborot xizmati