"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Joriy yilning 19-20 sentyabr kunlari Yaponiyaning JICA xalqaro hamkorlik agentligi homiyligida Akita universiteti professori Atushi Shibayama boshchiligidagi mehmonlar OKMKga tashrif buyurdi.
Delegatsiya a'zolari kombinatning Qalmoqqir, Yoshlik-1 konlari, Mis boyitish fabrikasi, Mis eritish zavodi, Nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida bo‘lishib, texnologik jarayonlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, mehmonlar yangi barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasiga ham borishib, ushbu loyiha bilan yaqindan tanishishdi.
OKMK mutaxassislari hamda mehmonlar o‘rtasida tashkil etilgan uchrashuvda tog‘-kon sanoati sohasida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘zaro qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Baxtiyor Niyazmetov,
O‘quv markazi yetakchi muhandisi