Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida "9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni"ga bagʻishlangan “Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlab ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda “Olmlaiq KMK” AJ Komplaens xizmati boshligʻi v.b. Shuhrat Jurayev, 2-MBF boshligʻining tartibot va TMBB boʻyicha oʻrinbosari Iskandar Shamsiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’mirlash ishlari boshqarmasi boshligʻi Xusniddin Sulaymonov hamda muhandis-texnik xodimlar ishtirok etishdi.
Yig‘ilishda korrupsiyaga qarshi muhitni shakllantirishning dolzarb masalalari va rejalari muhokama qilindi. “Olmaliq KMK” AJning korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yoʻnalishida 2024 — 2025 yillar uchun belgilangan maqsad va vazifalari ishlab chiqilganligini, kombinat miqyosida 279 ta funksiya va vazifalar korrupsiyaga moyillik darajasini baholashdan oʻtkazilganligini, manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish va bartaraf etish tartibi, shuningdek manfaatlar toʻqnashuviga oid kadrlar va ma’muriy tizimni shakllantirish maqsadida deklaratsiyalar, xabarnoma hamda reyestr yuritish ishlarini toʻliq raqamlashtirish ishlari olib borilayotganligi ta’kidlab oʻtildi.
Y.Turdi-Axunov,
ITIB boshlig‘ining umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari