Call-markaz
(+998 78) 141-90-99Ishonch telefoni
(+998 70) 619-23-33Ma'lumki, OKMK bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan oliy va professional ta'lim muassasalari talablari va o‘quvchilari doimiy ravishda kombinat tarkibiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tab kelishadi.
Ularning amaliyot o‘tashi davomida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy rioya qilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Amaliyotchilarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida OKMK boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari – bosh muhandis tomonidan tasdiqlangan “Kombinat tarkibiy bo‘linmalarida amaliyot o‘tayotgan oliy va professional ta'lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun o‘quv seminarlarini o‘tkazish” reja jadvaliga asosan tarkibiy bo‘linmalarda o‘quv seminarlari tashkil etilmoqda.
Joriy yilning 11-iyulidan boshlangan o‘quv seminarlari 19-iyulga qadar davom etadi. O‘quv seminarlari Markaziy ta'mirlash mexanika zavodi, Qalmoqqir kon boshqarmasi, Sanoat temiryo‘l transport boshqarmasi, Avtomobil transport boshqarmasi, Texnologik transport boshqarmasi, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi, MBF, 2-MBF, Mis eritish zavodi, Rux zavodi, “Olmaliqmetallurgqurilish” tresti, Angren kon boshqarmasi, Kovuldi koni, Chodak KB, Xondiza KB kabi korxonalarda amaliyot o‘tayotgan talaba va o‘quvchilar uchun o‘tkazilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlarini OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi mas'ullari va mutaxassislari olib borishmoqda.
Seminarlar davomida amaliyotchilar korxonalarida kelgandan so‘ng, ularga bo‘lim muhandislari tomonidan kirish yo‘l-yo‘riqlari oʻtkazilayapti.
Ish joylarida ustalar tomonidan birlamchi yo‘l-yo‘riqlar o‘tilganligi, farmoyish asosida tajribali mutaxassislarga biriktirganligi va bilimlar sinovidan o‘tilganligi ham tekshirilmoqda.
Seminarlar davomida amaliyotchilar ish joylarida ishlarni xavfsiz bajarish usullarini o‘quv dasturlariga muvofiq, nazariy bilim va ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rganish lozimligi, ish vaqtida mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat'iy amal qilish lozimligi uqtirildi.
Iroda Almatova,
OKMK Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligi bo‘limi muhandisi