"Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati
Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Call-markaz
+998 78 141 90 99Ishonch telefoni
+998 71 619 23 33Kuni kecha Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazilgan professional o‘qitish kursi o‘z nihoyasiga yetdi.
Mazkur o‘quv kurslarida Investitsiyalar va kapital qurilish departamenti Tender savdolarini muvofiqlashtirish va o‘tkazish, shartnomlarini tuzish, ekspertiza qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish sektorining yetakchi muhandislari Shahnoza Abdullayeva hamda Shohboz Masharipovlar ham ishtirok etishdi.
Mashg‘ulotlar White & Case, Foley Hoag, Squire Patton Boggs, Curtis, Mayer Brown, CMS va Baker Botts kabi xalqaro miqyosda tan olingan yuridik firmalar ekspertlari ishtirokida o‘tkazildi.
Tinglovchilar o‘quv jarayonida global standartlar asosida tahliliy fikrlash, xalqaro talablarga mos yondashuvlar va amalda qo‘llaniladigan mexanizmlarni chuqur o‘zlashtirdilar.
Yakuniy tadbirda O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari Sh. Rabiyev ishtirok etib, White & Case LLP (AQSh) xalqaro yuridik firmasining yetuk eksperti Carolyn Lamm bilan birgalikda tinglovchilarga sertifikatlarni tantanali ravishda topshirdi.
Olingan bilim va ko‘nikmalar tinglovchilarning kasbiy faoliyatida mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Axborot xizmati