• Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33
  • Call-markaz

    (+998 78) 141-90-99
  • Ishonch telefoni

    (+998 71) 619-23-33

"An'analar va yangilanishlar – barqaror kelajak kafolati!"

05 Aprel 2025, 13:58 956

Joriy yilning 4-aprel kuni Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati hamkorligida “Milliy qadriyatlar va islohotlar: an'analar va yangilanishlar” mavzusida forum o‘tkazildi.

"An'analar va yangilanishlar – barqaror kelajak kafolati!" shiori ostida o‘tkazilgan forumda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi bo‘lim boshlig‘i Begmat Ochilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpog‘iston xalq shoiri, o‘zbek xalqining sevimli shoiri, Ma'rifat targ‘ibotchilari jamiyati a'zosi Rustam Musurmon, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi Zohidjon Olov ishtirok etishdi.

Dastlab, forum ishtirokchilari kombinatda megaloyiha doirasida barpo etilayotgan 3-Mis boyitish fabrikasining qurilish jarayoni bilan tanishdilar.

Ma'lumot uchun: Ayni paytda  yiliga 60 mln. tonna ma'danni qayta ishlash quvvatiga ega 3-Mis boyitish fabrikasi qurilishi ham jadal sur'atlarda davom ettirilmoqda va parallel ravishda texnologik uskunalarni o‘rnatish  ishlari olib borilmoqda.  Mazkur fabrika 196 gektar yer maydonida barpo etilib umumiy ishlab chiqarish maydoni 136 gektarni tashkil etadi. Fabrika to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, eng zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda. Uning ishga tushishi natijasida yiliga 60 mln.tonna mis-molibden ma'danlarini qayta ishlanib, qo‘shimcha 894 ming tonna mis konsentrati, shundan 167 ming tonna mis katodi va boshqa qimmatbaho metallarni ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Bu yirik loyiha turdosh sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga ham turtki berdi. Masalan, fabrika qurilishiga metall konstruksiyalar yetkazib berish uchun 6 ta zavod ishga tushirildi.

Yana bir e'tiborli jihat joriy yilning 29-mart kuni 3-MBFning ilk konsentrati olindi. Shu kunlarda 3-Mis boyitish fabrikasida ishlab chiqarish bo‘linmalarini, texnologik liniyalarini va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimini bosqichma-bosqich ishga tushirish ishlari jadal amalga oshirilmoqda.

Forum mehmonlari e'tiboriga 3-Mis boyitish fabrikasi mehnat jamoasi tomonidan tayyorlangan milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvchi ko‘rgazmalar namoyish etildi. Milliy urf-odatlarimizni aks ettiruvchi sahnat ko‘rinishlari havola etildi.

Mehmonlar 3-Mis boyitish fabrikasidagi islohotlardan, bo‘layotgan o‘zgarishlardan ilhomlanib, o‘z ijod namunalari bilan mehnat jamoasiga yuqori kayfiyat ulashdi.

Shuningdek, “Metallurg” MS ijodiy jamoalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham barchaga manzur bo‘ldi.

Tadbir davomida kombinat tarkibiy bo‘linmalarida mehnat qilib kelayotgan iste'dodli xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Kombinat gavharlari” ko‘rik-tanlovining g‘olib jamoalari rag‘batlantirildi.

Forum ishtirokchilarining navbatdagi manzili Piskent tumanidagi “Qirqqiz ota” ziyoratgohi bo‘ldi. Mehmonlar va ishtirokchilar ziyoratgoh hududiga ezgu niyatlar bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ko‘chatlarini ekishdi.

Forum mehmonlari shuningdek, Ixtisoslashtirilgan ta'mirlash ishlari boshqarmasi mehnat jamoasidagi ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samaradorligini, korxonada bu borada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi. Boshqarmada barpo etilgan “Ma'naviyat xiyoboni” bilan tanishdilar. Ushbu mo‘'jaz majmua ta'mirlash boshqarmasi ishchi-xodimlari tomonidan o‘ziga xos dizaynda barpo etilgan bo‘lib, e'tibor tortmasdan iloj yo‘q. Tushlik vaqtida mehnat jamoasi “Ma'naviyat xiyoboni”da hordiq oladilar, shaxmat-shashka o‘ynashlari, turli kitob, jurnallar o‘qishlari mumkin, eng muhimi “Mutolaa” loyihasi orqali audiokitob eshitishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Forum yakunida mehmonlar tomonidan OKMKda ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholandi.

Axborot xizmati

Bo`lishmoq:
Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izohingiz yoki to`gri versiya:

Close menu